Nazokat Qosimova

oʻzbek olimi, siyosiy fanlar doktori, professor

Nazokat Anvarovna Qosimova (1969 Toshkent shahri) — oʻzbek olimi, siyosiy fanlar doktori, professor, xalqaro tizimlar va global rivojlanish siyosiy muammolari, mintaqaviy integratsiya, mintaqaviy xavfsizlik boʻyicha Oʻzbekistonning yetakchi eksperti[1][2], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi islohoti boʻyicha milliy eksperti[3]

Назокат Анваровна Қосимова
рус. Назокат Анваровна Касымова
Tavalludi 1969
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI  Oʻzbekiston
Otasi Anvar Qosimov (1933 Oʻsh shahri-yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.

Olgan bilimi

tahrir

Hayot yoʻli

tahrir

Nazokat Anvarovna Qosimova 1969 yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning otasi Anvar Qosimov yetakchi oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi[4], bir necha oʻnlab ilmiy kitoblar muallifi[5].

1991 yili Nazokat Qosimova Oʻzbekiston milliy universitetini tarix kulliyotini tamomlagan.

Nazokat Qosimova 1995 yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 2002 yili doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1993-1994 yillari Vashington universiteti aspiranturasida oʻqidi.

Stajirovkada boʻldi: 2000 yili AQShning Vudro Vilson nomli tadqiqot markazida, 2008 yili Yaponiyaning Tsukuba universitetida, 2011 yili Amerika universitetida/Fulbrayt dasturida. 50 dan oshiq ilmiy maqolalar muallifi[6]. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qoshidagi oliy taʼlimni islohot qilish ekspertlar guruhi aʼzosi. Bir qancha xalqaro tashkilotlar va loyihalar bilan hamkorlikda ishlagan. Oʻzbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti professori[7].

Yozgan asarlari

tahrir

U 50 dan oshiq ilmiy maqolalar muallifi[8]:

  1. Советско-германский пакт о ненападении и позиция Соединенных Штатов Америки: автореферат дисс. кандидата исторических наук: 07.00.03.- Тошкент, 1995.- 26 с.: ил.
  2. НАФТА: Предпосылки создания и тенденция развития. "Ssha. Kanada: Ekonomika, politika, kul'tura" Date: 09-01-2001 (USA-No.009).
  3. Национальные модели иностранной помощи. Журнал Вестник МГИМО университета Выпуск №6/2011, ГРНТИ: 11-Политика и политические науки.
  4. Иностранная помощь и развитие в условиях глобализации. Журнал Вестник МГИМО университета Выпуск №6/2011, ГРНТИ: 11-Политика и политические науки.
  5. Содействие международных организаций в поддержании стабильности и безопасности в Центральной Азии, Тошкент, 2008.
  6. Болонский процесс: тенденции развития и команда национальных экспертов Болонский процесс: тенденции развития и команда национальных экспертов
  7. Реформа высшего образования в Узбекистане и элементы Болонского процесса

Manbalar

tahrir
  1. Kasimova Nazokat Anvarovna, 2016-01-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-24
  2. Biografiya Kasimovoy N.A., 2016-01-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-24
  3. Natsionalnaya komanda ekspertov, 2016-01-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-24
  4. Dissertatsiya Ivanko A.I., 2016-01-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-24
  5. Kasimov Anvar Maxmudovich, 2016-01-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-24
  6. Natsionalnie modeli inostrannoy pomoщi
  7. сайт Випперсоны, 2016-01-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-24
  8. Журнал Вестник МГИМО №6/2011 (PDF), 2016-02-05da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2016-01-24

Havolalar

tahrir