Neʼmatulla Ibrohimov (1945,Margʻilon ) — Sharqshunos, filolog, arabshunos. ToshDU (hozirgi OʻzMU) Sharq fakultetining 1970-yil bitiruvchisi. Filologiya fanlari doktori, professor (1985), akademik (2000).

Neʼmatulla Ibrohimov
Tavalludi 1945
Margʻilon
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi sharqshunoslik, arabshunoslik

Faoliyati tahrir

1970-yildan ToshDU sharq fakulteti oʻqituvchisi, (shu orada: 1972 – 1975 yy. SSSR FA SHI aspiranti), katta oʻqituvchi va 1979-yildan dotsent, 1980-yildan Arab filologiyasi kafedrasi mudiri, 1989-yildan ToshDU Sharq fakulteti dekani, 1991 – 2005 ToshDSHI rektori, 2011-yilgacha Islomshunoslik kafedrasi mudiri[1].

Ilmiy yoʻnalishi tahrir

Oʻrta asrlar arab adabiyoti, islomshunoslik, manbashunoslik, arab tilshunosligi va folklor. 150 dan ortiq kitoblar, monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Butunittifoq sharqshunoslar assotsiatsiyasining diplomi bilan mukofotlangan (1990). “Majmaʼ al-lugʻa alarabiyya” Arab akademiyasi aʼzosi (Misr, 2003), Kaliforniya fan va taʼlim boʻyicha xalqaro Akademiyaning haqiqiy aʼzosi (AQSH, 1996), Seul shahridagi Sen Kyun Kvan universiteti faxriy doktori (Janubiy Koreya), Yaponiya Fukusima prefekturasining Oʻzbekistondagi faxriy elchisi unvonlariga sazovor boʻlgan. Qator xorijiy mamlakatlarda ilmiy va xizmat safarlarida boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2-marta deputat etib saylangan. 1997-yili “Oʻzbekiston – Misr” Doʻstlik Jamiyati raisi etib saylangan. 2001-yildan esa Oʻzbekiston Xalqaro aloqalar milliy uyushmasi raisi (Xalqaro doʻstlik jamiyati). 2001-yildan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi qoshidagi Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqib ketilgan arxiv materiallarini qaytarish maxsus komissiyasi raisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), ikki marta “Imom al-Buxoriy” nomidagi xalqaro mukofot sohibi (1996, 1999), “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi aʼlochisi” (1999)[1].

Ilmiy ishlari tahrir

Nomz. diss. mavzusi: “Puteshestviye Ibn Battutы kak istochnik svedeniy po istorii Sredney Azii” – M., 1975.

Dokt. diss. mavzusi: “Arabskiy narodnыy roman (problemы janroobrazovaniya i stilya)”. – M., 1984.

  1. As-siyar ash-shaʻbiyya alarabiyya» / Arab xalq siyralari. – Bayrut, 1993. - 20 b.t. – arab tilida.
  2. Ibn Battuta va uning Oʻrta Osiyoga sayohati // Oʻrta asr arabiyzabon yodgorligining tarixiy-filologik tadqiqoti, tarjima va sharhlar. – Toshkent: Sharq bayozi, 1993. - 101 b.
  3. Oʻrta asr arab xalq adabiyoti. – Toshkent: Fan, 1994. - 243 b.
  4. Pozdnesrednevekovыy arabskiy knijnыy epos. – Tashkent: Fan, 1994. - 331 s.
  5. Puteshestviya Ibn Battutы. Arabskiy mir i Sentralnaya Aziya. – Tashkent, 1996. -332 s. -v soavtorstve s T.Muxtarovыm.
  6. Xorazmdagi maʼmuniylar akademiyasi // Sharq mashʼali. – Toshkent, 1998. – №1 – 2. – B.23 – 28.
  7. The Travels of Ibn Battuta to Central Asia. Ithaka Press, Darnet Publication limited, London, 1999 year, page 170.
  8. Uzbekistan: ad-davla va-lqoid (Oʻzbekiston davlati va uning rahbari). – Qohira, 1999. -165 b. – Muhammad Salama, Solih Inogʻomovlar bilan hammualliflikda.
  9. Arab tili grammatikasi. 1 j. – Toshkent, 1997. - 453 b.; Toʻldirilgan ikkinchi nashri, 2004. – 635 b. M. Yusupov bilan hammualliflikda.
  10. Siroʼ al-hadora am hivor assaqofa? (Sivilizatsiyalar kurashi yoki madaniyatlar muloqotimi?) Matbuot at-tadomun. -MAR, Qohira, 1999. – B.605 – 608.
  11. Obщestvennoye upravleniye obrazovaniyem: sostoyaniye i perespektiva // Alma-mater. – M.: 2001. - 17 s.
  12. Vostokovedы Uzbekistana: Bibliograficheskiy spravochnik / Otv. redaktor i avtor predisloviya. – Tashkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005.
  13. Oʻzbekiston sharqshunoslik maktabi / Masʼul muharrir va soʻz boshi muallifi N.Ibrohimov. – Toshkent: OʻzME, 2009. – 453 b.
  14. Kitob ar-rihla li-Ibn Battuta // Al-Faysal. - Ar-Riyod, 2009. – № 397 – 398. –B.38 – 49.
  15. Rihlat Ibn Battuta min Makka al-Mukarrama ila vasat Osiyo. - AlMufradot - Ar-Riyod, 2010. -173 b.
  16. Fann as-siyra ash-shaʼbiyya fi-l-adab al-arabiy. -Al-Mufradot - Ar-Riyod. 2010.
  17. As-siyra an-nabaviyya (Paygʻambar (a.s.)ning tarix va hayot yoʻllari). Abdulmalik ibn Hishom al-Maʼofiriy. Birinchi jild. 1-2 kitoblar. Masʼul muharrir va muqaddima muallifi N.Ibrohimov. – T: - Sharq, 2011. -616 b.
  18. As-siyra an-nabaviyya (Paygʻambar (a.s.)ning tarix va hayot yoʻllari). Abdulmalik ibn Hishom al-Maʼofiriy. Ikkinchi jild. 3-4 kitoblar. Masʼul muharrir va muqaddima muallifi N.Ibrohimov. – T: Sharq, 2011. -450 b.
  19. Sayohatnoma. (Gʻaroyib shaharlar va ajoyib safarlar haqida nazar sohiblariga tuhfa) / Ibn Battuta. Masʼul muharrir va muqaddima muallifi N.Ibrohimov. – T: Sharq, 2012. -688 b.
  20. Al-Qomus: arabcha-oʻzbekcha qomusiy lugʻat. 1-tom. Masʼul muharrir va soʻz boshi muallifi N.Ibrohimov. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. -848 b. -A.Ikromjonov, A.Zayriyev, A. Oripovlar bilan hammualliflikda.
  21. Al-Qomus: arabcha-oʻzbekcha qomusiy lugʻat. 2-tom. Masʼul muharrir va soʻz boshi muallifi N.Ibrohimov. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. -896 b. -A.Ikromjonov, A.Zayriyev, A. Oripovlar bilan hammualliflikda.
  22. Al-Qomus: arabcha-oʻzbekcha qomusiy lugʻat. 3-tom. Masʼul muharrir va soʻz boshi muallifi N.Ibrohimov. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. -912 b. -A.Ikromjonov, A.Zayriyev, A. Oripovlar bilan hammualliflikda.
  23. Al-qovamiys al-arabiyya al-uzbakiyya: tariyxuha va hoziruha. Al-muʻtamar al-avval lil-istiʼrob al-asiyaviyyi. Saudiya Arabistoni Podshohligi, Riyoz, 2019.
  24. As-siyra an-nabaviyya (Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hayot yoʻllari). Abdulmalik ibn Hishom al-Maʼofiriy. Birinchi jild. Qisqartirilgan qayta nashr. Masʼul muharrir va muqaddima muallifi N.Ibrohimov. – T.: Hilol nashr, 2020. -365 b.
  25. As-siyra an-nabaviyya (Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hayot yoʻllari). Abdulmalik ibn Hishom al-Maʼofiriy. Ikkinchi jild. Qisqartirilgan qayta nashr. Masʼul muharrir va muqaddima muallifi N.Ibrohimov. –T.: Hilol nashr, 2020. -382 b.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021.

Adabiyotlar tahrir

Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.