Nebo
„Nebo“ (ruscha: Небо, yaʼni „Osmon“) — „Diskoteka avariya“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2001-yil eʼlon qilingan „Manyaki“ nomli studiyaviy albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiqning kuyini ham, matnini ham guruh aʼzosi Aleksey Rijov yozgan. Guruh reperturigagi oz sonli hazilomuz boʻlmagan qoʻshiqlarning biri[1].
„Nebo“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Diskoteka avariya“ qoʻshigʻi | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2001 | |||
Yozib olingan | 2001 | |||
Davomiyligi |
4:30 (2001) 3:54 („Moralniy kodeks“ bilan ijro etilgan versiya, 2006) 3:58 (2008) | |||
Matn muallif(lar)i | Aleksey Rijov | |||
Bastakor(lar) | Aleksey Rijov | |||
„Manyaki“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Nebo“ YouTubeda |
Qoʻshiqning bir necha versiyasi mavjud. „Moralniy kodeks“ rok-guruhi guruhi bilan ijro etilgan versiya guruhning „Chetvero parney“ (2006) nomli albomiga kiritilgan. Klip uchun qayta ishlangan versiya „The Best“ (2008) albomiga kiritilgan.
Guruh aʼzolarining soʻzlariga koʻra, qoʻshiq ommalashib ketganidan keyingina klip olishga qaror qilishgan. Klipni 2003-yil shved rejissyori va prodyuseri Mikeadelica Shvetsiyada suratga olgan. Unda ertak syujeti tasvirlangan. Klip uchun guruh „Eng yashi video“ (ruscha: Лучшее видео) hamda „Eng yaxshi qoʻshiq“ (ruscha: Лучшая песня) nominatsiyalarida „Muz-TV“ mukofoti bilan taqdirlangan.
2015-yil Rijov „Diskoteka avariya“ guruhini 2012-yilda tark etgan sobiq aʼzosi Nikolay Timofeyev oʻzi yozgan uch qoʻshiq, jumladan, „Nebo“ qoʻshigʻini ijro etgani uchun 2,8 million jarima toʻlanishini talab qilib sudga murojaat qilgan. Intellektual mulk sudi Timofeyeyevga Rijov yozgan qoʻshiqlarni ijro etishni man etgan, ammo Rijovning kompensatsiya boʻyicha talabini qondirmagan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „История успеха группы «Дискотека Авария»“ (ruscha). Радио дача (28-may 2014-yil). 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Автор песен "Дискотеки Аварии" не получит от экс-солиста компенсацию“ (ruscha). РИА Новости (20-oktyabr 2015-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.