Neft toshlari
ozarb. Neft Daşları
Pochta markasi.
Mamlakat Ozarbayjon
Mintaqa Absheron arxipelagoni
Tuman Pirallahi
Aholi 4000 kishi
Xarita

40°14′N 50°51′E / 40.233°N 50.850°E / 40.233; 50.850

Neft Toshlari — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi Bokuning Pirallahi orolining maʼmuriy hududiga qarashli aholi punkti.

Umumiy maʼlumot

tahrir

Neft Toshlari dunyodagi ilk neft platformasidir. Neft Toshlari shahar tipidagi aholi punkti va Bokuning Pirallahi tumani hududiga kiradi. Kaspiy dengizi sathidan biroz koʻrinuvchi „Qora qoyalar“ atrofida qurilgan. Absheron yarimorolidan 42 km janubi-sharqda joylashgan bu aholi punkti dengiz tubiga oʻrnatilgan metal ustunlar ustidagi estakadalarda dengiz sathidan bir necha metr balandlikda barpo etilgan.Neft Toshlari nomi Ginnes Rekordlari Kitobiga eng birinchi dengiz neft platformasi sifatida kiritilgan.[1]

Tarixi

tahrir

1949-yil 25-fevralda Ozarbayjon neftchilari dunyoda ilk bora dengiz tubidan sanoat maqsadida karbogidrogenlarni qazib chiqarib, oʻz tarixida yangi sahifa ochdilar. Oʻsha kuni Neft Toshlari konining 1939 metr chuqurligidan Kaspiy neft favvorasi otilgan.[2]

Hali XIX asr boshlarida (1798-yilda) Kaspiy dengizidan (Bibi-Haybat) ilk neft olingan. Faqat sanoat ishlab chiqarishi 1925-yildagina boshlangan. Boku buxtasida dengizning bir necha metr chuqurligida va daraxt ustunlari ustida joylashgan jami bir dona quduq qazilgandi.[2]

Keyinchalik Absheron yarimorolining sohil zonasida neft va gaz zahiralari boʻlgan Pirallahi-Dengiz, Gurgan-Dengiz, Banka-Darvin konlari ishga tushdi. Bu konlar shartli ravishda dengiz konlari deb nomlanishi mumkin, chunki ular oʻz boshlangʻichini quruqlikdan olib boradilar. Neft Toshlarining (Bokuning 110 km da) esa quruqlik bilan hech qanday aloqasi yoʻq.[2]

Neft Toshlari oʻrnida boʻlgan toshli, qoyali maydonni oʻzlashtirishga urinish ilk marta 1948-yil 14-noyabrda havo sharoiti yomon boʻlgan bir kunda boʻlgan edi.  Taniqli neftchi-geolog, malakali sanoat tashkilotchisi, Respublikada xizmat koʻrsatgan muhandis, SSSR faxriy neftchisi, SSSR davlat mukofoti laureati, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Ogʻa Qurbon oʻgʻli Aliyev, malakali Ozarbayjon geologi A.Aliyev va neft toshlari boʻyicha mutaxassis, 1947-yilda tashkil topgan „Azneftkashfiyot“ tashkiloti rahbari S. Oruchov kichik kemada („Pobeda“) orolchalarga yaqinlashdilar va mutaxassislar kichik orolga tushdilar. Ular bu yerda ilk parma qurilishini va parmachilar brigadasi uchun jami 14 m kv. boʻlgan uycha qurdilar.[2]

1949-yil 7-noyabrda Neft Toshlarida 942 m chuqurlikdagi 1-sonli quduq (Qalalay dastasidan) kuniga 100 tonna mahsulot bilan ishlab chiqarishga qoʻshildi va dengizda neft chiqarish tamalini qoʻydi. Kon boʻyicha ilk geolog Ogʻa Qurbon Aliyev boʻlgandi.[2]

Sotsialistik mehnat qahramoni, afsonaviy Mixail Kaverochkin 1949-yil 7-noyabrda neft beruvchi ilk quduqni aynan mana shu maydonda qazigan edi. Neft Toshlarini egallaganlarning bir qanchasi 1951-yilda birinchi darajali SSSR Davlat mukofotiga loyiq koʻrildilar.[2]

Ikkinchi jahon urushidan soʻng

tahrir
 
Neft Toshlari pochta markasida

1951-yil 18-fevralda Neft Toshlari nefti bilan toʻldirilgan ilk tanker boʻshatilishi uchun Dubandi portiga yoʻl oldi. Bir necha oydan soʻng esa dengizning 20-25 m chuqurligidagi estakadalar va parma, texnologik maydonlar qurila boshlandi. Elektrostansiyalarning, nasos-kompressor kompleksining, yordamchi sexlarning, neftchilar uchun turar-joy 5-9 qavatli uylarning umumiy maydoni 1960-yil boshlarida 70 ming m kv edi. Shunday qilib, Neft Toshlari dengiz moʻjiza shahriga aylandi. 60-yillar oxirida oʻziga xos „koʻcha“ vazifasini bajargan estakadalarning umumiy uzunligi 200 km dan koʻp edi. Neft Toshlari bilan Bokuni radiotelefon aloqasi birlashtiradi. Insonlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa narsalarni tashishda MI-8 vertolyotidan foydalaniladi.[2]

Keltirgan iqtisodiy daromadlari

tahrir

1949-yildan boshlab bu yerda 1940 quduq qazilgan, 160 mln tonna neft, 12,3 mlrd m kub gaz qoʻlga kiritildi. Bugungi kunda u yerda 377 quduq ishlamoqda va bularning har biri ilk davrda sutkada 15-16 tonna neft bera olish imkoni bor. Bu koʻrsatkich „Chiroq-1“ statsionar platformasi bilan solishtirganda (sutkada 2 ming tonna), albatta, koʻp emas. Faqat esdan chiqarmaslik kerakki, Ozarbayjonda neft sanoatining taraqqiyotiga aynan Neft Toshlari tamal toshini qoʻygan.[2]

 
 

Buning natijasida bugun Ozarbayjonda 1994-1999-yillarda tuzilgan 17 yirik neft bitimlarining amalga oshirilishi natijasida dunyoning 14 oʻlkasi, 33 xorijiy neft kompaniyalari ishlaydi. Qayd qilib oʻtish joizki, „Azeri“, „Chiroq“, neft zahirasi 640 mln tonna, gaz 100 mlrd m kub, gaz kondensati 100-150 mln tonna boʻlgan „Guneshli“, tabiiy gaz zahirasi 100 mln tonna boʻlgan karbogidrogen struktura bloki D222 bitimlarida „Lukoyl“ ham ishtirok etmoqda. Ozarbayjonning „ARDNK“ va Rossiyaning „Lukoyl“ orasidagi aloqalarning yana-da kengaytirish uchun 1999-yilda Bokuda memorandum imzolandi. Faqat bularning barchasi Neft Toshlaridan boshlangan.[2]

Qiziqarli faktlar

tahrir

1999-yilda dunyo ekranlariga chiqqan va Jeyms Bondning sarguzashtlari seriyasidan biri boʻlgan „Dunyo yetarli emas“ (ing. The World Is Not Enough) filmining baʼzi kadrlari Neft Toshlarida suratga olingan.[2]

Filmografiya

tahrir
  1. Moʻjizalar oroli (film, 1963) (ozar.)
  2. Dengiz ishchilarining kundalik ishlari (film, 1965) (ozar.)
  3. Dengizda moʻjiza (film, 1966) (ozar.)
  4. Salom, Ozarbayjon!(film, 1966) (ozar.)
  5. Yana koʻrishguncha, Muslim! (film, 1963) (ozar.)
  6. İlichning urayotgan qalbi (film, 1967) (ozar.)
  7. EKSPO-75 (film, 1975) (ozar.)
  8. Ozarbayjonda sovet adabiyoti kunlari (film, 1975) (ozar.)
  9. Ikki Kaspiy (film, 1975) (ozar.)
  10. Neft Toshlarining 25 yilligi (film, 1975) (ozar.)
  11. Poʻlat ustunlar ustidagi shahar (film, 1975) (ozar.)
  12. Moʻjizalar oroli (film, 1978) (ozar.)
  13. Kaspiy: Insonlar va neft (film, 1983) (ozar.)
  14. Neft Toshlari (film, 1990) (ozar.)
  15. Qora toshlar aholisi (film, 1991) (ozar.)

Fotosuratlar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ginnesin Rekordlar Kitobınıng rasmiy sayti.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 „Neft daşları“ (Azerbaijani) (web). kayzen.az (2011-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 21-yanvar.

Havolalar

tahrir