Nenets tili
Nenets tili (nenetscha: ненэцяʼ вада) — Rossiya Federatsiyasining shimolida yashovchi nenetslarning tili; samodi tshglariyaan biri. Kola yarim orolidan Yenisey daryosining oʻng qirgʻogʻigacha boʻlgan tundra zonasida va Pur daryosi havzasidagi tayga zonasida tarqalgan; 25 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Tegishli ravishda 2 ta: tundra va oʻrmon lahjalariga boʻlinadi. Nenets tili fonetik jihatdan boshqa samodi tillaridan sezilarli farq qiladi; sintaksisi esa sodda gaplarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Lugʻat tarkibida ovchilik, bugʻuchilik, baliqchilikka oid soʻzlar anchagina. Adabiy Nenets tili tundra laqjasi asosida shakllangan.
Nenets tili | |
---|---|
Mamlakatlar | Rossiya[1] |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 21 926 va 24 000 |
Alifbosi | Kirill alifbosi va Nenets alphabet |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | yrk[2] |
Nenets tili 1932-yildan lotin grafikasi asosidagi, 1937-yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadi.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |