Yenisey
Yenisey yoki Yenisei (nenetscha: Ензя’ ям’[1], evenkcha: Ионэси, xakas: Ким суғ, tiva tilida: Улуг Хем)— Osiyodagi daryo. BiyXem (Katta Ye.) va Ka-Xem (Kichik Ye.) daryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Yuqori oqimi (yoki Ulugʻ-Xem) Tuva soyligi boʻylab oqib, soʻng Gʻarbiy Sayan togʻ sistemasini kesib oʻtadi va Gʻarbiy Sibir chegarasi boʻylab oqadi, Kara dengizining Yenisey qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 3487 km (Ka-Xem daryosi boshidan 4092 km), havzasining mayd. 2580 ming km².
Yenisey | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 3 487 |
Maydoni | 2 580 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Yenisey |
E., asosan, qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Toshqin davri daryoning yuqori qismida aprel oxirlaridan sent.gacha, quyi qismida esa may oʻrtalaridan avgustgacha davom etadi. Ye. RFning eng sersuv daryosi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 19800 m³/sek. Quyi qismi oktabr dan iyungacha, yuqori qismi noyabrdan maygacha muzlab yotadi. Ye.ning gidroenergiya zapasi katta. Daryoda Krasnoyarsk GES, Sayan-Shushensk GES qurilgan. Ye.ning transport ahamiyati katta. Sayanogorskdan muntazam kema qatnaydi; dengiz kemalari daryoning quyilish joyidan Igarka sh.gacha kirib boradi. Baliq ovlanadi (asosan quyi oqimida). Ye. boʻyida Minusinsk, Krasnoyarsk, Yeniseysk, Igarka, Dudinka va b. shaharlar joylashgan. Ye.ning irmoklari: Angara, Toshloq Tunguska.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Хелимский Е. А. „Фактор Мангазейского морского хода в этнонимии и топонимии // Компаративистика, уралистика. Лекции и статьи. М., 2000. С. 351—352.“ (ruscha). www.philology.ru. 2019-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2019-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil