Angara (buryatcha: Ангар мүрэн[1], evenkcha: Аӈара) — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo. Yeniseyning eng sersuv irmogʻi. Uzunligi 1779 km. Havzasining maydoni 1,040 ming km². Baykal koʻlidan oqib chiqadi. Aso-siy irmoqlari: oʻngdan — Ilim, chapdan — Irkut, Belaya, Oka, Taseeva. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 5100 m³/sek. Quyi oqimida oktabr- noyabrda, Bratsk suv om-borida noyabr-dekabrda muz bilan qoplanadi. Mayning 1-yarmidan muz eriy boshlaydi. A.ning boshlanishidan quyi qismigacha suv omborlari kaskadi qurilgan. A.da Irkutsk, Bratsk, Ust-Ilim GESlar ish-lab turibdi, Boguchani GES qurilmoqda (1994). A. boshlanish joyidan kemalar muntazam qatnab turadi. Asosiy pri-stanlari: Irkutsk, Angarsk, Balagansk, Bratsk. A.da baliq koʻp. 475
Angara
|
---|
|
Tavsif
|
---|
Uzunligi
|
1 779 km
|
Maydoni
|
1 040 000 km²
|
Suv sarfi
|
4 518 m³/s
|
Joylashuvi
|
---|
|
Davlat
|
Rossiya
|
Angara
|
---|