Tuva soyligi
TUVA (TIVA) SOYLIGI - Yeniseyning yuqori havzasida, Janubiy Sibir toglari orasidagi soylik. Tiva Respublikasida. Gʻarbiy Sayan, Oltoy, TannuOʻla togʻ tizmalari va Sharqiy — Tuva (Tiva) togʻlari bilan oʻralgan. Gʻarbiy — Xemchik va Sharqiy UlugʻXem soyligiga boʻlinadi. Uz. 400 km, eni 25–70 km. Yer yuzasi pastbaland tekislik, kam oʻyilgan. Bal. 600– 900 m. Toshshagalli kashtan tuproklarda boshoqlishuvoq dasht oʻsimliklari oʻsadi. Qisman haydalib, ekin ekiladi (bugʻdoy, arpa, tariq). Chorvachilik (asosan, goʻshtjun qoʻychiligi) rivojlangan. Tuva soyligida Choda, shuningdek, AkDovurak va boshqa shaharlar bor. Toshkoʻmir (UlugʻXem havzasi) qazib olinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |