NEPER (Napier) Jon (1550, Merchis-tonKasl, Edinburg yaqinida — 1617.4.4) — logarifmlarni kashf qilgan shotland matematigi. Edinburg universitetida oʻqigan. "Logarifmlarning ajoyib jadvali tavsifi" (1614) ishida N. logarifmlarga taʼrif bergan, ularning xossalari va qoʻllanilishini tushuntirgan. "Logarifmlarning ajoyib jadvalini tuzish" (1619) ishida 1614-yildagi "... tavsifi"da bayon etilgan logarifm nazariyasi va oʻnli logarifmlar gʻoyasi bayon qilingan.

N.ga sferik uchburchaklarni logarifmlash uchun bir qator qulay yechish formulalari ham taalluqli.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil