Niall Aadya Mason (talaffuzi: Niall Aadya Meyson) (1997-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Niall Mason „Al Shahaniya“ futbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi[3].

Niall Mason
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Niall Aadya Mason[1]
Tavallud sanasi 10-yanvar 1997-yil (1997-01-10) (27 yosh)
Tavallud joyi Brighton, Angliya
Boʻyi 1.80 m[2]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Shahaniya
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2007 Real Madrid
2010 Al Sadd
2010—2012 Blackburn Rovers
2012—2015 Southampton
2015—2016 Aston Villa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 Aston Villa 0 (0)
2016—2017Doncaster Rovers (ijara) 38 (0)
2017—2019 Doncaster Rovers 60 (3)
2019—2021 Peterborough United 57 (1)
2021—2022 Lusail
2022 Al Shahaniya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 26-dekabr uchun)

Niall Mason Angliyaning Brighton shahrida tugʻilgan. Niall Mason futbolchilik faoliyati davomida „Real Madrid“, " Al Sadd ", „Blackburn Rovers“, "Southampton ", „Doncaster Rovers“ va „Peterborough United“ futbol jamoalarida oʻynagan.

Yoshligi tahrir

Niall Mason 1997-yilda Angliyaning Brighton shahrida tugʻilgan. Uning otasi amerikalik, onasi esa hinddir. Niall Masonning oilasi Ispaniya va Qatarda yashagan[4]. Shuning uchun Niall Mason Qatar, AQSh yoki Angliya milliy futbol terma jamoasida oʻynash huquqiga ega. Niall Mason imkoniyat tugʻilsa, Qatar milliy futbol terma jamoasida oʻynashni xohlashini aytgan.

Faoliyati tahrir

Aston Villa tahrir

Mason „Aston Villa“ futbol klubi bilan birinchi shartnomasini 2015-yilda imzolagan[5].

Niall Mason murabbiy Tim Sherwood boshchiligida klubning Portugaliyaning Faro shahridagi 2015-yil yozgi yigʻinida asosiy jamoaga qoʻshilgan[6].

Doncaster Rovers tahrir

2016-yil 6-avgustda Mason „Chelsea“ futbol klubi aʼzosi Jordan Houghton bilan birga yanvar oyigacha ijara asosida „Doncaster Rovers“ futbol klubi safiga oʻtgan[7]. Ikkala oʻyinchi ham xuddi shu kuni „Accrington Stanley“ futbol klubiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda klubning tarkibida ilk oʻyinlarini oʻtkazishgan[8]. 2017-yilning 1-yanvarida Niall Masonning ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirilgan[9].

2017-yilning 8-mayida „Doncaster Rovers“ futbol klubi Masonni nomaʼlum toʻlov evaziga „Aston Villa“ futbol klubidan doimiy ravishda ijaraga olgan[10]. Niall Mason klub safidagi oʻzining birinchi golini oʻsha yilning 23-dekabrida penaltidan „Bristol Rovers“ futbol klubi darvozasiga kiritgan. Bu gol oʻyindagi yagona gol hisoblangan[11].

2019-yil mart oyida Mason jinsiy zoʻravonlik uchun sudlanganligi sababli „Doncaster Rovers“ futbol klubidan ishdan boʻshatilgan[12].

Peterborough United tahrir

2019-yil iyun oyida Niall Mason „Peterborough United“futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[13]. U klub safidagi ilk golini 2020-yil 8-sentabr kuni „Burton Albion“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritgan[14].

2021-yilning 11-mayida Niall Masonning shartnoma muddati tugagach, „Peterborough“ futbol klubidan ketishi eʼlon qilingan[15].

2021-yil avgust oyida Mason „Dundee“ futbol klubida qisqacha sinov muddatini oʻtkazgan. Uning klub safiga qabul qilinishi (uning sudlanganligi uchun) muxlislarning noroziliklariga sabab boʻlgan[16].

2021-yil dekabr oyida Mason Qatarga qaytib kelgan va Qatarning ikkinchi divizioni vakili „Al Shahaniya“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[17].

Faoliyat statistikasi tahrir

2021-yil 5-aprel holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Doncaster Rovers (ijara) 2016—2017 Ikkinchi liga 38 0 0 0 1 0 3 0 42 0
Doncaster Rovers 2017—2018 Birinchi liga 40 3 3 0 3 0 4 0 50 3
2018—2019 Birinchi liga 20 0 4 0 2 0 2 0 28 0
Jami 60 3 7 0 5 0 6 0 78 3
Peterborough United 2019—2020 Birinchi liga 30 0 4 0 1 0 2 0 37 0
2020—2021 Birinchi liga 27 1 2 0 0 0 5 1 31 1
Jami 57 1 6 0 1 0 7 1 68 1
Jami 155 4 13 0 7 0 16 1 188 5

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Bradford City“. English Football League. Qaraldi: 25-oktabr 2019-yil.
  2. „Niall Mason“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 23-aprel 2021-yil.
  3. „Niall Mason“. www.avfc.co.uk. Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  4. Evans. „Aston Villa in Portugal: The lowdown on 18-year-old Niall Mason who could make his debut tonight“ (11-iyul 2015-yil). Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  5. „Who Is Niall Mason?“. Read Aston Villa (8-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  6. Evans. „Aston Villa in Portugal: The lowdown on 18-year-old Niall Mason who could make his debut tonight“ (11-iyul 2015-yil). Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  7. „Doncaster Rovers sign former Real Madrid junior Niall Mason on loan from Aston Villa“. www.doncasterfreepress.co.uk. Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  8. „Accrington Stanley 3–2 Doncaster Rovers“. BBC Sport. Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  9. „Doncaster extension for Mason“. Vital Football. 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2017-yil.
  10. „Niall Mason: Doncaster Rovers sign on-loan Aston Villa defender“.
  11. „Bristol Rovers 0–1 Doncaster: Niall Mason scores winner“. Sky Sports. Press Association (23-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 18-mart 2019-yil.
  12. „Niall Mason: Doncaster Rovers sack defender after sexual assault“. BBC Sport (18-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-mart 2019-yil.
  13. „Niall Mason: Peterborough sign defender sacked by Doncaster after sexual assault“. BBC (7-iyun 2019-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2020-yil.
  14. „Penalty Success For Posh After Entertaining Encounter“. theposh.com (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2020-yil.
  15. „Posh Confirm Retained List For Next Season“. www.theposh.com.
  16. Cran, George; Rae, Steven. „Dundee end trial of convicted sex offender Niall Mason“. The Courier (18-avgust 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  17. „الشحانية يغلق ملف المحترفين بالتعاقد مع أمير روستائى ونايل“ (arabcha). Al Shahaniya SC (26-avgust 2022-yil). 2022-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.