Nico Williams
Nicholas Williams Arthuer (2002-yil 12-iyulda tugʻilgan), Williams Jr. nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, Bilbaoning „Atletic“ klubida yarimhimoyachi sifatida oʻynaydi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nicholas Williams Arthuer | ||
Tavallud sanasi | 12-iyul 2002-yil | ||
Tavallud joyi | Pamplona, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Athletic Bilbao | ||
Raqami | 30 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012—2013 | Osasuna | ||
2013—2019 | Athletic Bilbao | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019–2020 | Basconia | 4 | (0) |
2020—2021 | Bilbao Athletic | 26 | (9) |
2021— | Athletic Bilbao | 103 | (11) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2020 | Ispaniya U18 | 4 | (2) |
2021—2022 | Ispaniya U21 | 5 | (1) |
2022— | Ispaniya | 20 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-yanvar uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirNavarrening Pamplona shahrida tugʻilgan WilliamsBilbaoning „Atletik“ yoshlar akademiyasiga 2013-yilda „Osasuna“ jamoasidan kelib qoʻshilgan edi[2]. U oʻzining katta faoliyatini 2019-2020-yilgi mavsumda klubning Basconia fermer jamoasida boshlagan[3].
2020-yil 11-may kuni Williams Segunda B divizionida oʻrinbosarlar jamoasiga koʻtarildi[4]. U oʻzining birinchi jamoasi va La Ligadagi debyutini keyingi yilning 28-aprelida oʻtkazdi va oʻz uyida "Real Valladolid"ga qarshi 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Jon Morcilloning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi[5]; 10 daqiqadan soʻng uning akasi Iñaki ham zaxiradan maydonga tushdi. Bu 1986-yilda Julio va Patxi Salinasdan beri birinchi marta ikki aka-uka bir vaqtning oʻzida klub uchun maydonga tushishi edi[6].
Williams „sherlar“ uchun oʻzining dastlabki ikkita golini 2022-yilning 6-yanvarida Ispaniya kubogi doirasida „Atlético Mancha Real“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi[7]. Yetti kundan soʻng u Ispaniya Superkubogi 2021-2022 yarim finalida Atletico Madrid ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida gol urdi[8].
2022-yil 20-yanvarda Uilyamsga bir qator bandlarni bajarganidan soʻng birinchi jamoa shartnomasi berildi[9].
Xalqaro martaba
tahrirWilliams birinchi marta 2020-yilda 18 yoshgacha boʻlganlar tarkibida Ispaniyani himoya qilgan va toʻrtta oʻyinda ikkita gol urgan[10]. U 2021-yilning fevral oyida Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan[11] va oʻsha yilning sentabrida 21 yoshgacha boʻlganlar safida debyut qilgan[12].
Shaxsiy hayot
tahrirWilliams Ispaniyaning Pamplona shahrida tugʻilgan. Ota-onasi Liberiyadagi fuqarolar urushidan boshpana soʻragan ganalik edi[13][14]. Nikoning akasi Inyaki Uilyams ham futbolchi va hujumchi; u ham „Atletik Bilbao“da tarbiyalangan[15][16].
Karyera statistikasi
tahrirKlub
tahrir- match played 15 May 2022[17]
Klub | Mavsum | Liga | Qirol kubogi | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Baskoniya | 2019–20 | Tercera divizioni | 4 | 0 | — | — | 4 | 0 | ||
Atletik Bilbao B | 2020–21 | Segunda B divizioni | 26 | 9 | — | — | 26 | 9 | ||
Atletik Bilbao | 2020–21 | La Liga | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 |
2021–22 | La Liga | 34 | 0 | 3 | 2 | 2 [lower-alpha 1] | 1 | 39 | 3 | |
Jami | 36 | 0 | 3 | 2 | 2 | 1 | 41 | 3 | ||
Karyera jami | 66 | 9 | 3 | 2 | 2 | 1 | 71 | 12 |
- ↑ Appearances in Supercopa de España
Yana qarang
tahrir- Afro-ispanlar
Manbalar
tahrir- ↑ „Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)“ (2024-yil 23-iyul).
- ↑ Rabuñal. „Nico Williams, la nueva gran promesa del Athletic“ (es) (8-may 2020-yil).
- ↑ „Nico Williams sube al filial e Iñaki le espera pronto a su lado“ (es). AS.com (11-may 2020-yil).
- ↑ „Nico Williams y Nico Serrano, al Bilbao Athletic“ (es). Athletic Club website (11-may 2020-yil).
- ↑ „Athletic Club vs. Real Valladolid“. Soccerway (28-aprel 2021-yil).
- ↑ „Draw against Real Valladolid at San Mamés“. Athletic Club website (28-aprel 2021-yil).
- ↑ „Nico Williams' double ends the illusion of Atlético Mancha Real“. Spain's News (6-yanvar 2022-yil). 2022-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
- ↑ „Nico Williams scores dramatic late winner as Athletic Club stun Atletico Madrid with comeback“. Eurosport (13-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Nico Williams earns first-team contract“. Athletic Bilbao (20-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
- ↑ „La Selección Sub 18 llama a Nico Williams, hermano de Iñaki“ (es). www.besoccer.com (19-yanvar 2020-yil). 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
- ↑ „Nico Serrano y Nico Williams, convocados por la selección española sub-19“ (es). Athletic Club website (16-fevral 2021-yil).
- ↑ Vencedor and Nico Williams make their Spain Under-21 debuts Athletic Club official website, 3 September 2021
- ↑ „Iñaki Williams explains how he got his name and why Bilbao means so much to him“. Diario AS (4-mart 2020-yil). 2023-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Nico Williams: Spain U-17 coach tips Bilbao youngster for greatness“. Footy Ghana (1-iyun 2020-yil). 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
- ↑ Río, Endika. „El hermano de Iñaki Williams debuta con gol en el juvenil del Athletic“ (es). Mundo Deportivo (10-fevral 2019-yil). Qaraldi: 14-fevral 2019-yil.
- ↑ Abizanda, Jorge. „El imparable ascenso de Nico Williams en el Athletic“ (es). ABC (31-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 25-fevral 2021-yil.
- ↑ „N. Williams“. Soccerway. Qaraldi: 29-iyul 2021-yil.
Havolalar
tahrir- Nico Williams Soccerway saytida