Nigella damascena, tumandagi sevgi, yoki butadagi shayton nomlari bilan ataladigan, bir yillik gullaydigan oʻsimlik boʻlib, Ranunculaceae oilasiga mansub. Uning vatani Yevropaning janubiy qismida (lekin Yevropaning shimoliy mamlakatlarida koʻp tarqalgan), Shimoliy Afrika va janubi-gʻarbiy Osiyo boʻlib, bu joylarda oʻsimlik qarovsiz, nam yerlarda uchraydi.

Nigella damascena
Ilmiy tasniflash
Oʻsimliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki urugʻpallalilar
Ranunculales
Ranunculaceae
Nigella
N. damascena
Binar nomi
Nigella damascena

Damascena oʻziga xos epiteti Suriyaning Damashq shahridan olingan[1]. Oʻsimlikning „tumandagi sevgi“ umumiy nomi ham mavjud.

Tavsif

tahrir

Uning boʻyi 20–50 cm (8–20 in) oʻsadi. Yozning boshida gullaydigan gullari odatda koʻk rangga ega boʻladi, lekin oq, pushti yoki och binafsha rangda gullaydigan turlar ham uchrab turadi. Gullarida 5 dan 25 tagacha gulbargalari bor. Haqiqiy gulbarglar soxta gulbarglar tagida joylashgan boʻlib, mayda va tirnoqli. Soxta gulbarglar gulning yagona rangli qismidir[2].

Meva katta va shishgan koʻsak shaklida boʻlib, aralash tuxumdondan oʻsadi va har birida koʻplab urugʻlar boʻlgan bir nechta birlashgan follikulalardan iborat. Yoz oxirida koʻsak jigarrang boʻladi. Oʻsimlik oʻz-oʻzidan urugʻlanadi[3].

Kultivatsiya

tahrir
 
Turlarni tanlash

Bu oson oʻsadigan oʻsimlik Yelizaveta davridan beri ingliz yozgi bogʻlarida oʻstirib kelingan, u oʻzining barglari, tikanli gullari va piyozboshi urugʻlari bilan odamlarni oʻziga jalb qilgan. Hozirgi vaqtda u moʻtadil mintaqalarda keng tarqalgan boʻlib, bogʻda oʻstirish uchun koʻplab navlar ishlab chiqilgan. „Fors marvaridlari“ - oq, pushti, lavanda va koʻk gulli nav. „Fors atirguli“ - och pushti. Boshqa navlar: „Albion“, „Blue Midget“, „Cambridge Blue“, „Mulberry Rose“ va „Oxford Blue“. „Dwarf Moody Blue“ navining boʻyi taxminan 15 sm ga yetadi. Och koʻk rangli „Miss Jekyll“[4] va qoʻshaloq oq gulli „Miss Jekyll Alba“ navlari Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining Bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻlgan[5][6].

Tegishli turlar

tahrir

Nigella sativa (va N. damascena emas) nigella, kalonji yoki qora zira deb nomlanuvchi ziravor.

Alkaloidlar

tahrir

Damascenin - Nigella damascena urugʻi tarkibida zaharli alkaloidlar bor[7].

Biroq, sichqonlarda va inson hujayra liniyalarida oʻtkazilgan tadqiqotlarda oʻsimlik hech qanday toksiklikni koʻrsatmadi.

Manbalar

tahrir
  1. Harrison, Lorraine. RHS Latin for gardeners. United Kingdom: Mitchell Beazley, 2012 — 224-bet. ISBN 9781845337315. 
  2. The Royal Horticultural Society A-Z Encyclopedia of Garden Plants Brickell: . United Kingdom: Dorling Kindersley, 2008 — 726-bet. ISBN 9781405332965. 
  3. Nigella damascena. Encyclopedia of Life. Qaraldi: 13-aprel 2018-yil.
  4. „RHS Plantfinder - Nigella damascena 'Miss Jekyll'“. Qaraldi: 13-aprel 2018-yil.
  5. „RHS Plant Selector - Nigella damascena 'Miss Jekyll Alba'“. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
  6. „AGM Plants - Ornamental“. Royal Horticultural Society (2017-yil iyul). Qaraldi: 13-aprel 2018-yil.
  7. Margout, Delphine; Kelly, Mary T.; Meunier, Sylvie; Auinger, Doris; Pelissier, Yves; Larroque, Michel (2013). „Morphological, microscopic and chemical comparison between Nigella sativa L. cv (black cumin) and Nigella damascena L. cv“. Journal of Food, Agriculture and Environment. 11-jild, № 1. 132–138-bet.