Niginaxon Shermuhamedova
Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna (1962-yil 26-martda tugʻilgan) — oʻzbek faylasufi, metodologi, taʼlim sohasidagi mutaxassis[2] va bir qancha xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.[3] Falsafa fanlari doktori, professor, Mirzo Ulugʻbek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti „Falsafa va maʼnaviyat asoslari“ kafedrasi mudiri.[4] Rossiya falsafa jamiyatining Faxriy aʼzosi,[5] Rossiya falsafa jamiyati Oʻzbekiston boʻlinmasi raisi. Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyati Prezidiumi aʼzosi. „Falsafa va Hayot“ xalqaro jurnalining Bosh muharriri,[6] „Adam Alami“ („Odam olami“), „Al Farabi“[7] (Qozogʻiston), „Tarixiy psixologiya va sotsiologiya tarixi“ („Istoricheskaya psixologiya i sotsiologiya istorii“[8], Rossiya) va Rossiya Falsafa jamiyati Xabarnomasi („Vestnik RFO“)[9][10] kabi bir qator jurnallar tahririyati aʼzosi. 2008-yilda Seul (Janubiy Koreya) shahrida oʻtkazilgan 22-Butunjahon Falsafa Kongressi, 2013-yilda Afina (Gretsiya) shahrida oʻtkazilgan 23-Butunjahon Falsafa Kongressi hamda 2018-yilda Pekin (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida oʻtkazilgan 23-Butunjahon Falsafa Kongresslari qatnashchisi.[11] Hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti „Falsafa va maʼnaviyat asoslari“ kafedrasi mudiri va mazkur universitetda „Ontologiya va bilish nazariyasi“, „Taʼlim falsafasi“, „Texnika falsafasi“ va „Fan falsafasi“ kabi fanlardan maʼruzalar oʻqiydi.[12] 1988-yilda „Dialektik-materialistik dunyoqarashning olim fikrlash tarziga taʼsiri“ („Vliyanie dialektiko-materialisticheskogo mirovozzreniya na stil mishleniya uchenogo“) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini,[13] 2002-yilda „Olim fikrlash tarzining shakllanishining ijtimoiy-falsafiy jihatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.[14]
Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
26-mart 1962-yil (60 yosh) |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Otasi | Shermuhamedov Arslon |
Mukofotlari | "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi" ko'krak nishoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus taʼlim vazirligi "Faxriy Yorlig'i" (2014), Диплом "Заслуженный деятель науки и образования" РАЕН, "Основатель научной школы" РАЕН, "Rossiya fundamental fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi"[1] |
Bolalari | Asal Babaeva, Hondamir Nazarov |
Ilmiy faoliyatiTahrirlash
Professor Nigina Shermuhamedova asosan oʻzining fan metodologiyasi[15][16][17], fan falsafasi[16], gnoseologiya va taʼlim falsafasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Olima oʻz faoliyati davomida Falsafa bakalavr yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun 15 dan ortiq darsliklar yaratgan va ulardan 5 tasi Oʻzbekiston Respublikasi „Eng yaxshi darslik va oʻquv adabiyoti“ konkursida 1, 2, 3 darajali diplomlar va mukofotlar bilan taqdirlangan. Qolaversa, N. Shermuhamedova 300 dan ortiq maqolalar va 4 ta xalqaro darajadagi monografiyalar muallifidir. Uning „Falsafa“ (bakalavr yoʻnalishlari talabalari uchun) darsligi[18] Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida bakalavr taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun darslik sifatida qoʻllaniladi.
Nashr qilingan baʼzi ishlariTahrirlash
- Action document for inter-cultural and inter-ethnic dialogue | [Documento de acción para el diálogo intercultural e interétnico].[19]
Mahalliy va xalqaro jamoatchilik ishlarida faolligiTahrirlash
Professor N. Shermuhamedova Oʻzbekiston,[21][22][23] va umuman MDH mamlakatlarining eng koʻzga koʻringan faylasuflaridan biri hisoblanadi[24][25][26][27] va bu boradagi xalqaro baxs-munozaralarda faol ishtirok etib kelmoqda.[28][29] Olima soʻnggi 15 yil davomida 10 dan ortiq fan nomzodlari tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan.[30] N. A. Shermuhamedova, shuningdek, Qozogʻistonning Ostona shahridagi Oʻzbek etno-madaniyat markazi Direktori oʻrinbosari vazifasida ham faoliyat yuritgan.[31]
Nigina Shermuhamedova 2021-yilning 11-mart kuni Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Falsafa instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan “National and Universal specifity of spiritual values: epistemological problems” nomli xalqaro konferensiyada ma'ruza bilan ishtirok etdi.[32]
ManbalarTahrirlash
- ↑ https://www.famous-scientists.ru/16442/
- ↑ https://www.uzdaily.uz/ru/post/51905
- ↑ https://www.facebook.com/kanalizmirtv/videos/kanal-izmir-tvde-emel-barutun-sundu%C4%9Fu-g%C3%BCndem-%C3%B6zel-programinin-bu-haftaki-konusu-/2211740575639118/
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2019-09-05, https://web.archive.org/web/20190905055241/http://spa.nuu.uz/rus/staff/609, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ https://rfo1971.ru/sostav-prezidiuma/
- ↑ https://tadqiqot.uz/jurnallar/falsafa-fanlari/
- ↑ https://www.kaznu.kz/ru/18871/page/
- ↑ https://www.socionauki.ru/journal/ipisi/
- ↑ https://mirovid.profiforum.ru/t1239-topic
- ↑ https://rfo1971.ru/vestnik-rfo/
- ↑ https://www.pdcnet.org/pdc/bvdb.nsf/purchase?openform&fp=wcp23&id=wcp23_2018_0075_0203_0207
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2019-09-05, https://web.archive.org/web/20190905055241/http://spa.nuu.uz/rus/staff/609, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ https://search.rsl.ru/ru/record/01008507308
- ↑ https://www.famous-scientists.ru/school/1457
- ↑ https://www.science-community.org/ru/node/183578
- ↑ 16,0 16,1 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BB%D1%83%D0%B6%D0%B5%D0%B1%D0%BD%D0%B0%D1%8F:%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%87%D0%BD%D0%B8%D0%BA%D0%B8_%D0%BA%D0%BD%D0%B8%D0%B3/9789943326347
- ↑ https://works.doklad.ru/view/9HyGq8HpLrY.html
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2019-12-30, https://web.archive.org/web/20191230064548/http://library.ziyonet.uz/ru/book/45317, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ https://produccioncientificaluz.org/index.php/opcion/article/view/24011
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2020-07-17, https://web.archive.org/web/20200717114246/http://presidentlibrary.kz/ru/content/v-biblioteke-elbasy-sostoyalsya-kruglyy-stol-regionalnoe-sotrudnichestvo-zalog-stabilnosti, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ http://niginaaslanovna.fikr.uz/
- ↑ http://uchildiz.uz/%d1%84%d0%b0%d0%b9%d0%bb%d0%b0%d1%81%d1%83%d1%84-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d0%b4%d0%b8%d0%bb-%d1%81%d1%9e%d0%b7%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8/
- ↑ http://www.ijtimoiy-fikr.uz/[sayt ishlamaydi]
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2020-07-17, https://web.archive.org/web/20200717114246/http://presidentlibrary.kz/ru/content/v-biblioteke-elbasy-sostoyalsya-kruglyy-stol-regionalnoe-sotrudnichestvo-zalog-stabilnosti, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ http://uza.uz/ru/society/prazdnik-vesny-i-sozidaniya-15-03-2016
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2020-07-17, https://web.archive.org/web/20200717170918/http://www.mash.dobrota.biz/39ekonomika/109143-1-sankt-peterburgskogo-gumanitarnogo-universiteta-profsoyuzov-institut-iskusstv-informacionnih-tehnologiy-14157.php, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ https://inisk.ru/novosti/19-20-aprelya-2018/
- ↑ http://hudud24.uz/hal%d2%9baro-konferentsiya-forobiy-merosini-%d1%9erganishga-ba%d2%93ishlandi/
- ↑ https://uskudar.edu.tr/tr/icerik/5418/felsefenin-guncel-meseleleri-masaya-yatirildi-
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2020-07-17, https://web.archive.org/web/20200717114008/https://oak.uz/pages/3537, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ arxiv nusxasi, archived from the original on 2020-07-17, https://web.archive.org/web/20200717114643/https://www.kazpravda.kz/fresh/view/vmeste--silnee2, qaraldi: 2020-07-23
- ↑ https://drive.google.com/file/d/1na871aLerH97GF7pNyKvTeCd81LvwcXm/view?usp=sharing