Nikšić
Nikšić (Xorvatcha talaffuzi: nîkʃit͡ɕ ) – Chernogoriyaning ikkinchi yirik shahri boʻlib, umumiy aholisi 56 970 kishi (2011-yilgi aholi roʻyxati). Mamlakat gʻarbida, Trebyesa tepaligi etagidagi keng Nikšić darasining markazida joylashgan. Shahar Nikšić munitsipalitetining markazi boʻlib, aholisi 2023-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 66,725 kishini tashkil etadi, u hududi boʻyicha eng katta shahar Podgoritsadan keyin ikkinchi eng koʻp aholi yashaydigan munitsipalitetdir. Shuningdek, sobiq Yugoslaviyadagi hududi boʻyicha eng katta munitsipalitet hisoblanadi. Hudud muhim sanoat, madaniy va taʼlim markazidir.
Nikšić Nikšić | |
---|---|
Shahar | |
42°46′0″N 18°57′0″E / 42.76667°N 18.95000°E | |
Mamlakat | Chernogoriya |
Aholisi | 66,725 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Telefon kodi | +382 40 |
|
Etimologiyasi
tahrirKlassik antik davrda Nikšić hududi Endirudinining Illiriya qabilasining yashash joyi boʻlgan va oʻsha davr manbalarida Anderba yoki Enderon nomi bilan tanilgan[1]. Hududda Rim imperiyasi eramizning 4-asrida harbiy lager (castrum Anderba) qurdi, u Ostrogotlar qal’asi Anagastum nomi bilan tanilgan (eramizning 459-yildan keyin)[2].
Tarixi
tahrirViloyat poytaxti Rizonda joylashgan Illiriya qirolligining asosiy hududlaridan birini tashkil etadi. Unda miloddan avvalgi 33-yilda Oktavianga taslim boʻlgan qabilalar roʻyxatidan joy olgan Endirudinlar yashagan. Endirudinlar ilk Rim imperiyasida qabila birliklarining maʼmuriy qayta tashkil etilishiga kiritilgan qabilalardan biri boʻlib, ularning maʼmuriy markazi Doklea boʻlgan Dokleatalar tarkibiga kirgan[3].
Ilk oʻrta asrlarda u janubiy slavyan (Sklavenoy) qabilaviy Travuniya yoki Duklya provinsiyalari (ular Vlastimirovich sulolasining Serb knyazligi tasarrufida boʻlgan) hududida joylashgan. X asrning ikkinchi yarmida Vlastimirovich va ichki hududlarning qulashi bilan Doklea Stefan Vojislav va uning Vojislavljevich sulolasiga qoʻshib yubroiladi.
Mahalliy boshqaruvi
tahrirMunitsipal parlament
tahrirMunitsipal parlament toʻrt yillik muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan 41 deputatdan iborat.
Shahar rahbari
tahrirNikšić meri – Nikšić shaharchasi va munitsipaliteti rahbari. U shahar nomidan ishlaydi va Nikshich munitsipalitetida ijrochi funksiyani bajaradi. Hozirgi mer – oʻng qanot Demokratik front aʼzosi Marko Kovachevich.
Koʻppartiyaviylik tizimi joriy etilgandan beri hokimlar roʻyxati (1990-yildan hozirgi kungacha):
- Milorad Drljevich (DPS) (1990–2002)
- Vera Milyanich (LSCG) (2002–2003)
- Labud Šljukić (LSCG) (2003–2005)
- Nebojsha Radojičich (DPS) (2005–2014)
- Veselin Grbovich (DPS) (2014–2020)
- Milutin Simovich (DPS) (2020–2021)
- Marko Kovachevich (DF) (2020-yildan hozirgacha)
Sporti
tahrirNikšić Chernogoriya sport markazlaridan biri hisoblanadi. Jangovar sport turlari Nikšićda ayniqsa mashhur boʻlib, dzyudo, karate va boksda kuchli rivojlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Wilkes, J. J. „The Danubian and Balkan provinces“, . The Cambridge Ancient History: The Augustan Empire, 43 B.C—A.D. 69 Alan K. Bowman: . Cambridge University Press, 1996 — 545–585-bet. ISBN 0521264308.
- ↑ Sima Ćirković; (2004) The Serbs p. 131; Wiley-Blackwell, ISBN 0631204717
- ↑ Wilkes, J. J. „The Danubian and Balkan provinces“, . The Cambridge Ancient History: The Augustan Empire, 43 B.C—A.D. 69 Alan K. Bowman: . Cambridge University Press, 1996 — 545–585-bet. ISBN 0521264308.