Nikita Gennadyevich Katsalapov (ruscha: Никита Геннадьевич Кацалапов; 1991-yil 10-iyulda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Viktoriya Sinitsina bilan birga 2022-yilgi Olimpiya chempioni, 2022-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori, 2021-yilgi jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni (2020, 2022), 2019-yilgi jahon kumush medali sohibi, 2018 — 2019-yilgi Gran-pri finali kumush medali sovrindori va ikki karra Rossiya milliy chempionatining gʻolibi (2019-2020) boʻlgan. Shuningdek, juftlik Gran-pri turnirlarida bir nechta medallarni qoʻlga kiritgan, jumladan 2018 CS Ondrej Nepela Trophy sovri sohibi boʻlgan.

Nikita Katsalapov
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Никита Геннадьевич Кацалапов
Toʻliq ismi Nikita Gennadyevich Katsalapov
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 10-iyul 1991-yil (1991-07-10) (33 yosh)
Moskva
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Jamoasi Olympic School Moskvich
Oldingi jamoalari Vorobyevye Gori
Uchishni boshlagan 1995
Jahon reytingida Sinitsina bilan
1 (2020-21)
1 (2019-20)
2 (2018-19)
23 (2017-18)
18 (2016-17)
25 (2015-16)
70 (2014-15)
Iyinix bilan
7 (2013-14)
7 (2012-13)
10 (2011-12)
13 (2010-11)
31 (2009-10)
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 221.17
Qisqa raqs 88.85
Erkin raqs 133.02

Faoliyati

tahrir

Nikita Katsalapov eng katta muvaffaqiyatga Yelena bilan juftlikda erishgan: Yelena bilan birga u 2014-yilgi jamoaviy musobaqalarda Olimpiya chempioni[1] va 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida muz raqsi boʻyicha bronza medali sovrindori, 2012-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2013-yil va 2014-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2012, 2013, 2014-yillardagi Rossiya chempionatining uch karra kumush medali sohibi; 2010-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni. 2014-yil fevral holatiga koʻra, Ilyinix / Katsalapov juftligi ISU reytingida 7-oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yil aprel oyida tarqaldi[2][3].

Yelena 2014-yil aprel oyining ikkinchi yarmidan 2017-yil may oyigacha Ruslan Jiganshin bilan juftlikda muz ustida raqslarini ijro etdi. Ular 2015-yilgi Rossiya chempioni, 2015-yilgi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush medali sovrindorlari, 2014—2015-yilgi mavsumda Rossiya kubogi Gran-pri bosqichining kumush medali sovrindorlari, 2015—2016-yilgi mavsumda Xitoy kubogi Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindorlari boʻlishgan.

2017-yil 16-may holatiga koʻra Ilyinix/Jiganshin juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 24-oʻrinni egallagan[4].

Natijalari

tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Musobaqa 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ 2013 — 2014 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari 3
Qishki Olimpiya oʻyinlari . Jamoa raqobati 1
Jahon chempionatlari 7 5 9 4
Yevropa chempionati 4 3 2 2
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1
Rossiya chempionati 3 2 2 2
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 4 2
Gran-pri finali 6
Trophee Eric Bompard 4 2
NHK Trophy 4 3 2 4
Rossiya kubogi 3 2
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Vengriya 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha 1

Manbalar

tahrir
  1. „Фигуристы открыли счет российским победам на Олимпиаде в Сочи“ (ruscha). РИА Новости (10-fevral 2014-yil). 22-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2014-yil.
  2. „Фигуристка Ильиных: инициатором распада танцевальной пары стал партнёр“. 18-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2015-yil.
  3. „Газета «Труд»: «Ты и она не две пары в сапоге…»“. 17-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2015-yil.
  4. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (17-iyun 2011-yil). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2011-yil.