Niklas Stark
Niklas Stark (1995-yil 14-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga klubi Verder Bremen va Germaniya terma jamoasida markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 14-aprel 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Neustadt an der Aisch, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.90 m[1] | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Werder Bremen | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998—2002 | FSV Ipsheim | ||
2002—2004 | TSV Neustadt/Aisch | ||
2004—2013 | 1. FC Nürnberg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2015 | 1. FC Nürnberg | 54 | (3) |
2014—2015 | 1. FC Nürnberg II | 3 | (0) |
2015—2022 | Hertha BSC | 176 | (7) |
2022- | Werder Bremen | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2011—2012 | Germaniya U17 | 3 | (0) |
2012—2013 | Germaniya U18 | 3 | (0) |
2013—2014 | Germaniya U19 | 13 | (3) |
2015 | Germaniya U20 | 7 | (3) |
2014—2017 | Germaniya U21 | 18 | (2) |
2019- | Germaniya | 2 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (1-iyul uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirFC Nürnberg
tahrirStark Bundesligadagi debyutini 2013-yilning 27-aprelida „Xoffenxaym“ga qarshi oʻyinda oʻtkazadi[2][3] U asosiy tarkibda 21 oʻyinda va zaxiradan esa 2 ta oʻyinda maydonga tushdi[4]. U bu oʻyinlarda gol ura olmadi[4]. Shunga qaramay, 2014—2015-yilgi mavsumda Stark birinchi va ikkinchi jamoalarda oʻynadi[5]. U asosiy tarkibda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol uradi[5]. Uning Nürnberg libosidagi soʻnggi oʻyini 2015-yil 23-avgustda VfL Bochumga qarshi oʻyinda boʻldi[6], chunki u ertasi kuni Gerta BSC jamoasiga oʻtadi[7].
Hertha BSC
tahrirStark 2015-yilning 24-avgustida Hertha BSC bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U 12-sentabr kuni VfB Shtutgartga qarshi oʻyinda (2:1) 73-daqiqada Salomon Kalou oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut oʻyinini oʻtkazdi[8]. U tezda oʻzini asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida koʻrsatishga muvaffaq boʻldi, lekin 2015-yilning oktyabrida jarohati tufayli omadsizlikka uchradi[9]. U 2016-yilning 11-martida „Hertha“ safida Bundesligadagi ilk golini "Schalke 04" ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[10].
Keyingi mavsumlarda u ham jamoaning bir qismiga aylandi va oʻzining ilk yevropa oʻyinlarini ham oʻtkazdi. Hertha ikki marta UEFA Yevropa Ligasiga yoʻllanma oldi, lekin har ikki safar ham musobaqadan erta chiqib ketdi[11][12]. „Hertha“da u nafaqat markaziy himoyachi, balki himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushdi[13].
2022-yilning 31-martida Starkning amaldagi shartnomasi uzaytirilmasligi va 2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng „Hertha“ni erkin agent sifatida tark etishi eʼlon qilindi[14].
Werder Bremen
tahrir2022-yil 28-may kuni Bundesligaga yangi koʻtarilgan Bremenning „Verder“ klubi 2022—2023-yilgi mavsum uchun Stark bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[15]. Xabar qilinishicha, u toʻrt yillik shartnoma imzolagan[15].
Xalqaro faoliyati
tahrir2019-yilning 15-mart kuni Stark oʻz faoliyatida ilk bor Germaniya terma jamoasiga terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tomonidan chaqiruv oldi[16]. U 2019-yilning 19-noyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi Yevro-2020 saralash bahsida 65-daqiqada Lukas Klostermanni oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut oʻyinini oʻtkazgan[17].
Faoliyati statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
1. FC Nürnberg | 2012-13 | Bundesliga | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 3 | 0 | ||
2013-14 | 21 | 0 | 0 | 0 | - | — | 21 | 0 | ||||
2014-15 | 2. Bundesliga | 26 | 2 | 1 | 0 | - | — | 27 | 2 | |||
2015-16 | 4 | 1 | 1 | 0 | - | — | 5 | 1 | ||||
Jami | 54 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 56 | 3 | ||
1. FC Nürnberg II | 2013-14 | Regionalliga Bayern | 2 | 0 | - | - | — | 2 | 0 | |||
2014-15 | 1 | 0 | - | - | — | 1 | 0 | |||||
Jami | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
Hertha BSC | 2015-16 | Bundesliga | 21 | 2 | 2 | 0 | — | — | 23 | 2 | ||
2016-17 | 27 | 1 | 3 | 0 | 2 | 0 | — | 32 | 1 | |||
2017-18 | 26 | 1 | 1 | 1 | 4 | 0 | — | 31 | 2 | |||
2018-19 | 22 | 1 | 3 | 0 | — | — | 25 | 1 | ||||
2019-20 | 21 | 1 | 3 | 0 | - | — | 24 | 1 | ||||
2021-22 | 33 | 0 | 1 | 0 | - | — | 34 | 0 | ||||
2021-22 | 26 | 1 | 2 | 0 | - | 2 | 0 | 34 | 0 | |||
Jami | 176 | 7 | 15 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | 199 | 8 | ||
Faoliyatidagi jami | 233 | 10 | 17 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | 258 | 11 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Germaniya | 2019 | 1 | 0 |
2020 | 1 | 0 | |
Jami | 2 | 0 |
Yutuqlari
tahrirGermaniya
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2014-yil
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2017[18]
Individual
Manbalar
tahrir- ↑ „Niklas Stark | Hertha BSC“ (olmoncha). Hertha BSC. 30-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Hoffenheim hält den Anschluss“ (olmoncha). kicker (27-aprel 2013-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
- ↑ „Niklas Stark“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Niklas Stark » Club matches“. World Football. Qaraldi: 17-mart 2019-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „Niklas Stark“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
- ↑ „Haberer nutzt Klasse-Kombination zum Sieg“ (olmoncha). kicker (23-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
- ↑ „Dardai über Stark: "Er kann ein Führungsspieler werden"“ (olmoncha). kicker (24-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
- ↑ „Heimsieg!“ (olmoncha). Hertha BSC (12-sentabr 2015-yil). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Fussball - U21: Auch Stark verletzt - Hrubesch nominiert Cacutalua nach“ (olmoncha). RAN (6-oktabr 2015-yil). 22-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Ibisevic and Stark on target as Hertha see off Schalke“. SBS Sport (12-mart 2016-yil). 22-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Brøndby-Hertha | UEFA Europa League 2016/17“. UEFA. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Hertha Berlin's Europe League campaign comes to an end in Bilbao“. bundesliga.com - the official Bundesliga website. 5-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ Lynch, Alex. „Scout Report: Niklas Stark | Herthaʼs Young Defensive Midfield Stalwart“. Outside of the Boot (4-iyun 2017-yil). 25-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Hertha verlängert Vertrag von Niklas Stark nicht - B.Z. – Die Stimme Berlins“ (de-DE). B.Z. – Die Stimme Berlins (31-mart 2022-yil). 4-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ 15,0 15,1 „Ablösefrei: Niklas Stark wechselt von Berlin nach Bremen“ (olmoncha). kicker (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- ↑ „Maximilian Eggestein, Niklas Stark and Lukas Klostermann: who are the new faces in Joachim Löw's latest Germany squad?“. bundesliga.com. Qaraldi: 6-aprel 2019-yil.
- ↑ „Germany v Northern Ireland game report“. UEFA (19-noyabr 2019-yil).
- ↑ „Weisers Kopfball macht den EM-Traum wahr“ (olmoncha). kicker.de (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 30-iyun 2017-yil.
- ↑ „The UEFA Technical Team Team of the Tournament“. UEFA. Qaraldi: 3-may 2017-yil.
- ↑ „The official Under-21 Team of the Tournament“ (inglizcha). UEFA.com (2017-yil iyul).