Nikola Vukčević (1991-yil, 13-dekabrda tug‘ilgan), Điđo (Đđiđo) nomi bilan ham tanilgan, chernogoriyalik professional futbolchi, Qatar Yulduzlar ligasining Al-Ahli jamoasida himoyaviy yarim himoyachisi sifatida o‘ynaydi. Vukčević professional faoliyatini Budućnost klubida boshlagan. Chernogoriya terma jamoasida 2014-yilda debyut qilgan.

Nikola Vukčević
Vukčević Chernogoriya terma jamoasi safida 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nikola Vukčević
Tavallud sanasi 13-dekabr 1991-yil (1991-12-13) (32 yosh)
Tavallud joyi Podgorica, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Himoyaviy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Ahli
Raqami 16
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2013 Budućnost 65 (4)
2013-2015 Braga B 31 (1)
2014-2018 Braga 76 (4)
2018-2022 Levante 65 (0)
2022- Al-Ahli 1 (0)
Milliy terma jamoa
2012 Montenegro U21 1 (0)
2014- Montenegro 44 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 20-oktyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

  Budućnost tahrir

2010-yildan 2013-yilgacha Vukčević mahalliy Buducnost klubida oʻynagan va u yerda 65 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan. 2011-12-yilgi mavsumda u mamlakatning eng yaxshi yoshlaridan biri sifatida namoyon boʻldi va chempionatda chempion boʻlgan yili Budućnost klubi sardori etib tayinlangan edi. Keyingi mavsumda Vukčević Budućnost jamoasining eng qimmat futbolchisiga aylandi, u ligadagi 33 oʻyindan 27 tasida maydonga tushdi — oʻsha paytda u bir mavsumda eng koʻp oʻyin oʻtkazgan. Uning yaxshi oʻyinlari unga Chernogoriya 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safida boshlangʻich tarkibda oʻrinni taqdim etdi.

  Braga tahrir

Vukčević shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan Buducnost klubini erkin agent sifatida tark etdi. 2013-yil sentabrida u „Braga“ klubi bilan shartnoma imzoladi[1][2] va dastlab ularning zaxira jamoasida maydonga tushdi.

U klubdagi debyutini „Vitoria SC“ klubiga qarshi 3:0 hisobida jamoasining gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyinda, Minho derbisida 91-daqiqada Felipe Pardoning oʻrniga maydonga tushdi[3]. U Braga klubining asosiy tarkibida muntazam maydonga tush boshladi va vaqti-vaqti bilan Taça de Portugal va Taça da Liga doirasidagi oʻyinlarida ham maydonga tusha boshladi.

  Levante tahrir

2018-yilning 9-avgustida Vukčević 8,9 million yevro evaziga Ispaniyaning „Levante“ klubiga o‘tdi va klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[4][5].

Xalqaro faoliyati tahrir

2012-yilning avgust oyida u Valeriy Lobanovskiy xotirasiga bagʻishlangan 2012-yilgi turnirida ishtirok etdi, uning jamoasi finalda Slovakiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi va kumush medallarni qoʻlga kiritdi[6][7].

Vukčević terma jamoadagi debyutini 2014-yil, 5-mart kuni Gana terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (1:0) o‘tkazdi. Garchi u o‘yinni boshlangʻich tarkibda boshlagan boʻlsada, 65-daqiqada Nemanja Nikolic uning oʻrniga maydonga tushdi[8]. 2020-yil, 19-oktabr holatiga ko‘ra, u jami 44 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan[9].

Xalqaro statistikasi tahrir

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Chernogoriyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[10].
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil, 8-oktyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya   Qozogʻiston 2 — 0 5-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Budućnost Podgorica

  • Prva CFL: 2011-12[11]
  • Chernogoriya kubogi: 2012-13[12]

Braga

  • Taça de Portugal: 2015-16

Manbalar tahrir

  1. „Vukčević u Bragi“ (via Wayback Machine). Tv. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-mart.
  2. „Nikola Vukcevic é reforço do Sporting de Braga“. JN. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-mart.
  3. „Sporting Braga vs Vitoria S.C.“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 7-aprel.
  4. „Nikola Vukčević and Levante U.D. unite their destinies for at least the next four seasons“. Levante UD (2018-yil 9-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  5. „Oficial: Nikola Vukcevic, el fichaje más caro de la historia del Levante“ (es). Mundo Deportivo (2018-yil 9-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  6. „Valeri Lobanovsky Memorial Tournament 2012“. Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
  7. „Belarus 1-2 Montenegro“. 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
  8. „Montenegro vs Ghana“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  9. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  10. „Vukčević, Nikola“. National Football Teams. Qaraldi: 2017-yil 7-fevral.
  11. „Summary - First League - Montenegro - Results, fixtures, tables and news“. Soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  12. „Summary - Cup - Montenegro - Results, fixtures, tables and news“. Soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.