Markovnikov Nikolay Vladimirovich (1869-yil, Qozon – 1942-yil, Toshkent) rus va sovet meʼmori, arxeolog, restavrator va oʻqituvchi. Professor, arxitektura fanlari doktori, SSSR Arxitektura akademiyasining muxbir aʼzosi (1941)[1].

Nikolay Markovnikov
Tavalludi 1869-yil
Vafoti 1942-yil
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi tahrir

Nikolay Vladimirovich 1869-yilda Qozon shahrida kimyogar V. V. Markovnikov oilasida tavallud topgan. 1888–1892-yillarda Imperator Badiiy akademiyasida tahsil olgan[2]. Nikolay rassom-arxitektor unvoniga sazovor boʻlgan.

Nikolay Sankt-Peterburgda Lesnoy shahridagi Politexnika instituti qurilishida ishlagan. U Moskva aylanma temir yoʻlining koʻplab binolari loyihalari muallifi boʻlgan.

Markovnikov 1914-yildan 1919-yilgacha Moskva Kreml qal’asining bosh meʼmori boʻlgan. U 1917-yil oktyabr qurollilar qoʻzgʻoloni paytida vayron boʻlgan Kreml binolarini tiklash va ularni Sovet hukumati uchun moslashtirishda ishtirok etgan. 1919–1921-yillarda Kitaygorod devorini tiklash boʻyicha komissiyani boshqargan (uning tarkibiga S. K. Rodionov, A. F. Meysner, I. P. Mashkov, I. E. Bondarenko, I. V. Rilskiy va boshqa mashhur meʼmorlar kirgan)[3].

Meʼmor Markovnikov 1920-yillarda Moskvadagi Sokol kooperativ qishlogʻida kam qavatli turar-joy binolari uchun individual loyihalarni ishlab chiqdi. Uning loyihalariga koʻra, binolarning yarmidan koʻpi qishloqda qurilgan boʻlib, ular hozirda viloyatda meʼmoriy yodgorlik maqomiga ega[4].

Nikolay 1930-yilda Giprogordagi uy-joy qurilish boshqarmasi boshligʻi boʻldi. Shimoliy Kavkaz (1933) va Komsomolsk-na-Amur kolxozlari uchun rejalar ishlab chiqqan[5].

Nikolay Vladimirovich 1903-yildan oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. U Moskvadagi ayollar uchun oliy qurilish kurslarining asoschilari va oʻqituvchilaridan biri (1905–1916). 1920-yillarda arxitektura dizaynidan va Moskva oliy texnik maktabining arxitektura fakultetida arxitektura tarixidan dars bergan. 1930-yillardan 1940-yillarning boshlarigacha Moskva arxitektura institutida oʻqituvchi boʻlib faoliyat olib borgan.

Meʼmor Moskvada Malaya Nikitskaya koʻchasi, 27-uyda yashagan[6][7][8].

Manbalar tahrir

  1. „Марковников Николай Владимирович“,Мастера советской архитектуры об архитектуре. М.: Искусство, 1975 — 56—68 bet. 
  2. „Марковников Николай Владимирович“,Искусство стран и народов мира : Архитектура. Живопись. Скульптура. Графика. Декоративное искусство : Краткая художественная энциклопедия. М.: Советская энциклопедия, 1971 — 699 bet. 
  3. Бранденбург Б. Ю., Татаржинская Я. В., Щенков А. С.. Архитектор Иван Машков. М.: Русская книга, 2001 — 86 bet. ISBN 5-268-00413-1. 
  4. Plan posyolka „Sokol“
  5. „Марковников Николай Владимирович“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  6. Вся Москва: адресная и справочная книга на 1914 год. М.: Товарищество А. С. Суворина «Новое Время», 1914 — 406 bet. 
  7. Вся Москва. Адресная и справочная книга на 1926 год. Часть 2, М., 1926 — 579 bet. 
  8. Список абонентов Московской городской телефонной сети, М., 1939 — 144 bet.