Mykolaiv
Mykolaiv (ukraincha: Микола́їв) — Ukrainadagi shaqar, Mykolaiv viloyati markazi (1937-yildan). Qora dengizning Bug qoʻltiqchasi chap sohilida. Janubiy Bug va Ingul daryolarining qoʻshilgan joyida. Dengiz va dare porti. Temir yoʻl tuguni. Aeroporta bor. Axoliyey 430 ming kishi (2024). Mykolaiv Ukrainaning janubidagi muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xusu-san, kemasozlik). Yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mebel sanoatlari rivojlangan. Glinozyom zavodi ishlab turibdi. 2 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, oʻlka-shunoslik, badiiy, kemasozlik va flot muzeylari mavjud. Mykolaiv 1784-yilda isteh-kom sifatida vujudga kelgan. Shahar Ikkinchi jahon urushi yillarida vayron qilingan. 1946—50 yillarda toʻla tiklandi. Mykolaivda klassitsizm usulida qurilgan dengizchilar gimnaziyasi va kazarmalar (18-asr), Nikola cherkovi, Ofi-serlar majmui, rasadxona (19-asr) bi-nolari saqlangan.[1]
Mykolaiv ukraincha: Миколаїв | |
---|---|
Shahar | |
46°58′30″N 31°59′42″E / 46.97500°N 31.99500°E | |
Mamlakat | Ukraina |
Viloyat | Mykolaiv viloyati |
Asos solingan | 1790 |
Avvalgi nomlari | Nikolayev |
Aholisi (2022) |
470 011 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Telefon kodi | +380 512 |
Pochta indeks(lar)i | 54001—54058 |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |