Neil Armstrong
Neil Alden Armstrong (talaffuzi: Nil Olden Armstrong; 5-avgust, 1930 — 25-avgust, 2012) amerikalik astronavt, uchuvchi, muhandis, universitet professori va Oy sirtidagi birinchi inson boʻlgan. Fazogirlikdan oldin Armstrong Amerika Qoʻshma Shtatlari Dengiz Kuchlari zobiti va Koreys Urushida qatnashgan edi. Urushdan keyin u Dryden Parvoz Tadqiqotlari Markazida uchuvchi-sinovchi boʻlib, 900 dan oshiq parvoz qilgan. Purdue Universitetini bitirib, taʼlimni Janubiy Kaliforniya Universitetida davom ettirgan.
Neil Alden Armstrong | |
---|---|
Tavalludi |
5-avgust 1930-yil |
Vafoti |
25-avgust 2012-yil (82 yoshda) Cincinnati, Ohio, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh[1][2] |
Otasi | Stephen Koenig Armstrong |
Onasi | Viola Louise Engel |
Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Havo Kuchlarining „Tezda Odam Fazoda“ va Boeing fazo parvozi loyihalari qatnashayotib, Armstrong NASA astronavtlari korpusiga 1962-yili qoʻshildi. Uning birinchi fazoviy parvozi 1966-yilgi Gemini 8 missiyasi boʻlib, unda u David Scott bilan ilk bora ikki fazoviy kema birlashishini amalga oshirdi.
Armstrong'ning ikkinchi va oxirgi fazoviy parvozi 1969-yil iyulida Apollo 11 kemasida Oyga uchish boʻldi. Bu missiyada Armstrong va Buzz Aldrin Oy sirtiga qoʻnib, 2½ soat tadqiqotlar olib borishdi, bu paytda orbitadagi modulda Michael Collins qolgan edi. Armstrong Collins va Aldrin bilan birgalikda AQSh Prezidenti Richard Nixon tomonidan Ozodlik Prezidentlik medali, Jimmy Carter tomonidan Kongress Sharaf Fazoviy Medali (1978), 2009-yili esa Kongress Oltin Medali bilan taqdirlangan.
2012-yil 25-avgustida Armstrong arteriya toʻsilishi tufayli olamdan oʻtdi.[3]
ARMSTRONG (Armstrong) Nil (1930.5.8, Ogayo shtatidagi Uapakone-ta sh.) — AQSH astronavt uchuvchisi. 16 yoshida uchuvchilik huquqini olgan. 1955 yilda Lafayett shahridagi (Indiana shta-ti) Perdyu universitetini bitirib, aviatsiya texnigi mutaxassisligini egallagan. Harbiy dengiz floti qismlarida xizmat qilgan. Lyuis tadqiqot markazida sinovchi-uchuvchi boʻlgan. A. 1962 yildan astronavtlar guruhida. 1966 yil 16 martda A. "Jeminay-8" kosmik kemasining komandiri sifatida (J. Skott bilan) fa-zoga uchdi. 1969 yil 16 — 24 iyulda "Apollon-11" kosmik kemasining komandiri sifatida E. Oldrin va M. Kollinz bilan birga tarixda birinchi marta Oyga uchdi va u yerda 21 soat 36 minut boʻldi. A. Oyga birinchi qadam qoʻygan (1969 yil 21 iyulda) inson. Dasturni muvaffaqiyatli ba-jarib Yerga qaytgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Space legend Neil Armstrong dies“. CNN. Qaraldi: 26-avgust 2012-yil.
Havolalar
tahrir- Neil Armstrong (Wayback Machine saytida 2013-06-17 sanasida arxivlangan) oila aʼzolari yaratgan sayt
- Астронавты не умирают по субботам, Lenta.ru
Wikimedia Commonsda Neil Armstrong mavzusiga oid fayllar bor. |