Ninel Fyodorovna Kuznetsova (1927-yil 9-dekabr, Toshkent – 2010-yil 27-noyabr, Moskva) – sovet va rus huquqshunos olimi, kriminolog, yuridik fanlar doktori, fan sohasidagi SSSR Davlat mukofoti laureati (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. RSFSR (1988), SSSR taʼlim aʼlochisi va Moskva universitetining professori (1995).

Ninel Kuznetsova
Tavalludi 9-dekabr 1927-yil
Toshkent, SSSR
Vafoti 27-noyabr 2010-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ish joylari Moskva davlat universiteti
Ilmiy darajasi Yuridika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari A. N. Traynik
Mashhur shogirdlari A. I. Gurov

Hayoti

tahrir

Kuznetsova harbiy uchuvchi oilasida tavallud topgan. 1943–1945-yillarda maktabda oʻqishni toʻxtatmasdan, avval Oʻrta Osiyo, keyin esa Janubiy Ural harbiy okrugi harbiy-havo kuchlarida telegraf operatori boʻlib xizmat qildi. Kuznetsova bu ishi uchun „Ulugʻ Vatan urushida (1941–1945) Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan taqdirlangan[1].

Ninel 1945-yilda Chkalov shahridagi 12-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlab, Moskva davlat universitetining yuridika fakultetiga imtihonsiz oʻqishga kirdi. 1950-yilda aspiranturaga oʻqishga kirdi. 1953-yilda „Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va unga suiqasd qilish uchun javobgarlik“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1968-yilda „Jinoyat va huquqbuzarlik“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Ninel Fyodorovna 1953-yilda oʻqituvchilik qilgan. M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining yuridika fakultetida assistent, dotsent, professor, jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Ninel 1984-yilda besh nafar olim bilan Sovet kriminologiyasining nazariy asoslarini ishlab chiqqani uchun SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.

Ninel Fyodorovna 1996-yilda Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining Ilmiy maslahat kengashi aʼzosi boʻlgan[2]. U Rossiya oliy oʻquv yurtlarining yuridik taʼlim oʻquv-uslubiy birlashmasining jinoyat huquqi va kriminologiya boʻlimi faxriy raisi boʻlgan. 1995-yildan Moskva davlat universitetining faxriy professori boʻlgan. Bundan tashqari Ninel Moskva davlat universitetining yuridik fakulteti faxriylar kengashi aʼzosi edi. U jinoyat huquqi va kriminologiya sohasidagi koʻplab rus va chet el mutaxassislarni tayyorlagan.

Kuznetsova 2010-yil 27-noyabrda uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82 yoshida vafot etdi.

Manbalar

tahrir