Nirmala Sitharaman
Nirmala Sitharaman — hind davlat va siyosat arbobi. 2019-yil 30-maydan Hindiston moliya vaziri [1] .
Nirmala Sitharaman | |
---|---|
Tavalludi |
18-avgust 1959 |
Fuqaroligi | India |
Millati | Hind |
Sohasi | iqtisodchi va siyosatchi |
Ish joylari | Matbuot kotibi, Bosh vazir kabinetida kichik vaziri, Hindiston mudofaa vaziri, Moliya va korporativ ishlar vaziri |
Institutlar | Ramasvami kollejida bakalavr va Dehlidagi Javoharlal Neru universiteti magistri |
Mukofotlari | Ajoyib bitiruvchilar |
Turmush oʻrtogʻi | Parakala Prabxakar |
Hindiston parlamenti yuqori palatasining aʼzosi. Ilgari u Hindiston mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan va shuningdek mamlakatda ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol hisoblanadi.
Taʼlim
tahrirNirmala Sitharaman Hindistonning Madurai shahrida oʻrta hol oilada tugʻilgan [2] . U 1980 yilda Seethalakshmi Ramasvami kollejida iqtisod boʻyicha bakalavr darajasini va 1984 yilda Dehlidagi Javoharlal Neru universitetida iqtisod boʻyicha sanʼat magistrini oldi.
Siyosiy martaba
tahrirU 2006 — yilda Bharatiya Janata partiyasiga aʼzo boʻldi va 2010 — yilda uning matbuot kotibi etib tayinlandi [3] . 2014- yilda u Bosh vazir Narendra Modi kabinetiga kichik vazir sifatida ishlay boshladi. Shuningdek 2014-yil iyun oyida u Hindiston parlamentining yuqori palatasi deputati etib saylandi. 2016-yil may oyida u parlamentning yuqori palatasiga saylovda Bharatiya Janata partiyasidan 12 nomzoddan biri bo‘ldi va o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli saqlab qoldi [4] . 2017-yil 3-sentabrda u Hindiston mudofaa vaziri etib tayinlandi va shu tariqa ushbu lavozimni egallagan Indira Gandidan keyin mamlakatdagi ikkinchi ayolga aylandi.
2019-yil 31-mayda u Moliya va korporativ ishlar vaziri etib tayinlandi [5] . U mamlakatda moliya vaziri lavozimini egallagan birinchi ayol boʻldi [6] . 2019-yil 5-iyulda u Hindiston parlamentiga birinchi byudjet rejasini taqdim etdi. Hindistonda koronavirus pandemiyasi paytida u iqtisodiy javob guruhi rahbari etib tayinlandi [7] .
Siyosatdan tashqari karyera
tahrirNirmala Sitharaman Londondagi Habitat uy bezaklari doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlagan [8] . Buyuk Britaniyadagi faoliyati davomida u PricewaterhouseCoopers kompaniyasida katta menejer boʻlib ishlagan, soʻngra qisqa muddat davomida BBC Jahon xizmatida ishlagan [9] .
2017-yilda u Ayollar boʻyicha milliy komissiyasi aʼzosi boʻldi [10] .
Mukofotlar
tahrir2019-yilda Javoharlal Neru universiteti Sitharamanga „Ajoyib bitiruvchilar“ mukofotini topshirdi [11] . 2019-yilda Forbes jurnali Sitharamanni dunyodagi 100 ta eng kuchli ayollar orasida 34-oʻringa qoʻydi [12] .
oila
tahrirNirmala Sitharaman turmush o‘rtog‘i Parakala Prabxakar bilan Javoharla‘l Neru universitetida o‘qiyotganda tanishgan. 1986-yilda ular turmush qurishdi va er-xotinning qizi tugʻildi[11]
Manbalar
tahrir- ↑ „Who Gets What: Cabinet Portfolios Announced. Full List Here“. ndtv.com. 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „A power couple whom AP looks up to“. timesofindia.indiatimes.com. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „BJP gets a JNU product as its woman spokesparson“. timesofindia.indiatimes.com. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „Nirmala elected to Rajya Sabha (27.06.2014)“. thehindu.com. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „Nirmala Sitharaman appointed Finance Minister in Modi govt 2.0 as Arun Jaitley retreats“. financialexpress.com. 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „PM Modi allocates portfolios. Full list of new ministers (31.05.2019)“. livemint.com. 2019-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „Coronavirus in India: Economic task force yet to be formed; no decision on relief package (21.03.2020)“. businesstoday.in. 2020-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „The rise and rise of Nirmala Sitharaman: From spokesperson to defence minister“. business-standard.com. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „In Nirmala Sitharaman, India Gets Its Second Woman Defence Minister After Indira Gandhi“. huffingtonpost.in. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „Who is Nirmala Sitharaman, India’s first full-time woman Defence Minister“. financialexpress.com. 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ 11,0 11,1 „Nirmala Sitharaman, Jaishankar to get JNU’s Distinguished Alumni Award“. thehindu.com. 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ „#34 Nirmala Sitharaman“. forbes.com. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.