Nishon Qiyomov
Nishon Sodiqovich Qiyomov (1959-yil 9-may, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Nishon Sodiqovich Qiyomov | |
---|---|
Tavalludi |
9-may 1959-yil Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | musiqachi |
Sohasi | musiqa, pedagogika |
Taʼlimi | Samarqand davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirNishon Qiyomov 1959-yil 9-may Past Dargʻom tumanida tugʻilgan[1]. 1977—1981-yillarda Samrqand davlat pedagogika instituti pedagogika va boshlangʻich taʼlim fakulteti musiqa va ashula yoʻnalishini tamomlagan. 1981—1986-yillarda ushbu institutning musiqa pedagogikasi fakulteti „Xor dirijyorligi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1986-1987-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti stajyor-tadqiqotchisi, 1987—1990-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi aspiranti, 1992—1995-yillarda Samarqand davlat universiteti musiqa pedagogikasi fakulteti „Xor dirijyorligi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2000—2004-yillarda musiqiy taʼlim fakulteti katta oʻqituvchisi, 2004—2006-yillarda shu fakultetning „Musiqa nazariyasi, tarixi va anʼanaviy ijrochilik“ kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2006—2011-yillarda kafedra dotsenti, 2011—2019-yillar Pedagogika fakulteti ilmiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti fakultetlararo pedagogika kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1995-yilda “Maktab musiqa darslari orqali o‘smirlarda vatanparvarlik va baynalmilal his-tuyg‘ularini shakllantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yilda “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 80 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi[1].