Nishopur togʻlari
Nishopur togʻlari - Eronning shim.-sharqiy qismidagi togʻlar, Turkmaniston—Xuroson togʻlarining jan. tarmogʻi. Shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa taxminan 350 km ga choʻzilgan. Urtacha bal. 3000 m. Eng baland joyi 3314 m (Kengzoshk choʻqqisi). Keng yassi vodiylar, botiqlar bilan ajralib turgan bir necha tizmadan iborat. Nishopur togʻlari Goʻrgon—Mashhad botiqlari orqali Kopetdogʻdan ajralgan. Togʻlar choʻkindi va metamorfik jinslardan, porfirit va granitlardan tuzilgan. Issiq suvli buloqlar, feruza konlari bor. Togʻ etaklari choʻl, yon bagʻirlari chala choʻl, yuqori qismi togʻ dashtlaridan iborat.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |