Noasauridae
Noasauridae (talaffuzi: noazavrid) — boʻr va, ehtimol, yura davrlarida yashagan seratozavrlar turkumidan boʻlgan teropodli dinozavrlar oilasi. Odatda noasauridaelar mayda yirtqich va/yoki baliqxoʻr boʻlib, tana tuzilishi sodda boʻlgan. Ceratosaurialardan (serotozavr) farqli oʻlaroq, Limusaurus va Berthasaura turkumi fitofag yoki hamma narsa bilan oziqlanuvchi hayvonlar boʻlgan.
Noasauridae | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonot |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Dinozavrlar |
Turkum: | Kaltakesaklar |
Urugʻ: | Ceratosauria |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Noasaurus |
Noasauridae qoldiqlari Janubiy Amerika, Afrika (jumladan, Madagaskar), Osiyo va Avstraliyadagi konlardan topilgan. Eng yaxshi oʻrganilgan noasauridaelardan biri Madagaskarning yuqori boʻr davridagi Masiakasaurusdir. Yaxshi saqlangan qoldiqlar orasida Xitoyning yuqori yura davridagi Limusaurus va Braziliyaning quyi boʻr davridagi Bertasaura noasauridae oilasiga mansub deb hisoblangan[1].
Tasniflash
tahrirNoasauridae oilasi 1980-yilda paleontologlar Jose Bonapart va Jaime Pauell tomonidan Argentinaning Maastrixtlik yaruslaridan topilgan, shu jumladan bu oilaga faqat Noasaurus turi mansubligi aniqlangan. Tur va oilaning nomi ispancha Argentina shimoli-gʻarbiy nomidan olingan — noroeste Argentina va qadimgi yunoncha: σαῦρος [sauros] — „kaltakesak“ degan maʼnoni bildiradi. Hozirgi vaqtda noasauridaes oilasiga Noasaurusga yaqinroq boʻlgan barcha teropodlar kiradi[2].
Tashqi taksonomiyasi
tahrirDastlab Bonapart va Pauell Noasaurusni kichik oʻlchamda ekanligi (turli hisob-kitoblarga koʻra, uzunligi taxminan 1,5 yoki 3 m) uchun Coelurosauria guruhiga (selurozavr) mansub deya taxmin qilishgan. Zamonaviy filogenetik tahlillar noasauridaelar va abelisauraelar oʻrtasidagi yaqin munosabatlar haqida soʻz ochishga imkon beradi, shuning uchun bu ikki taksonni Abelisauria turkumiga bogʻlaydi[3].
Vang va boshqalar (2017) muqobil topologiyani qoʻllab-quvvatladilar, bu topologiyada abelisauridae (abelizavrid) lar noasauridaelar(noazavridlar) ga qaraganda ceratosauridae (serotozavr) larga yaqinroqdir. Delcourtning munozarali taksonomiyasida (2018) noasauridaelar, abelisauridaelar va ceratosauridaelarni oʻz ichiga olgan turkum Ceratosauroidea deb ataladi (takson Abelisauria / Abelisauroidea sinfiga mos keladi).
Ichki taksonomiyasi
tahrirNoasauridlarni ikkita asosiy turkumga (kichik oilalarga) ajratish mumkin: Noasaurinae va Elaphrosaurinae . Birinchi guruh Elaphrosaurus, Abelisaurus, Ceratosaurus yoki Allosaurus’dan koʻra Noasaurus va u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan barcha taksonlar sifatida belgilanadi. Ikkinchi toifaga Noasaurus, Abelisaurus, Ceratosaurus yoki Allosaurus ga qaraganda Elaphrosaurus va unga yaqinroq boʻlgan barcha taksonlar kiradi.
Bir qator filogenetik tahlillar Elaphrosaurinae ni Abelisauroidea boʻlmagan bazal seratozavrlar (Ceratosauria) sinfi yoki turkumi sifatida aniqlagan.
Noasauridaelar guruhiga koʻplab turlar kiritilgan. Turlarning koʻpchiligi parcha-parcha qoldiqlardan aniqlangan boʻlib, bu ularning aniq tasnifini qiyinlashtiradi.
- Afromimus Sereno, 2017
- Austrocheirus Ezcurra et al., 2010
- Berthasaura de Souza et al., 2021
- Deltadromeus Sereno et al., 1996
- Genusaurus Accarie et al., 1995
- Laevisuchus Huene & Matley, 1933
- Ligabueino Bonaparte, 1996
- Spinostropheus Sereno et al., 2004
- Elaphrosaurinae Rauhut & Carrano, 2016, kichik oila:
- Elaphrosaurus Janensch, 1920
- Huinculsaurus Baiano et al., 2020
- Limusaurus Xu et al., 2009
- Noasaurinae Bonaparte & Powell, 1980, kichik oilasi:
- Masiakasaurus Sampson et al., 2001
- Noasaurus Bonaparte & Powell, 1980
- Velocisaurus Bonaparte, 1991
- Vespersaurus Langer et al., 2019
Filogeniya
tahrirRauhut & Carrano, 2016
|
de Souza et al., 2021
|
Manbalar
tahrir- ↑ Rauhut, Oliver W. M.; Carrano, Matthew T. (2016-04-22). "The theropod dinosaur Elaphrosaurus bambergi Janensch, 1920, from the Late Jurassic of Tendaguru, Tanzania" (en). Zoological Journal of the Linnean Society 178 (3): 546–610. doi:10.1111/zoj.12425. ISSN 0024-4082.
- ↑ Wang, S.; Stiegler, J.; Amiot, R.; Wang, X.; Du, G.-H.; Clark, J.M.; Xu, X. (2017). "Extreme Ontogenetic Changes in a Ceratosaurian Theropod". Current Biology 27 (1): 144–148. doi:10.1016/j.cub.2016.10.043. PMID 28017609. http://www.cell.com/current-biology/pdf/S0960-9822(16)31269-6.pdf.
- ↑ Carrano, Matthew T.; Sampson, Scott D. (2008-01-01). "The Phylogeny of Ceratosauria (Dinosauria: Theropoda)". Journal of Systematic Palaeontology 6 (2): 183–236. doi:10.1017/S1477201907002246. ISSN 1477-2019. Archived from the original on 2018-05-22. https://web.archive.org/web/20180522041318/https://pdfs.semanticscholar.org/97ba/4ba82753286ee9a105aeec4d97ec2d5fc585.pdf. Qaraldi: 2022-10-07.Noasauridae]]
Adabiyotlar
tahrir- Encyclopedia of Dinosaurs. Academic Press, 1997. ISBN 978-0-12-116810-6.
- Molina-Pérez R., Larramendi A.. Dinosaur Facts and Figures: The Theropods and Other Dinosauriformes. Princeton, New Jersey: Princeton University Press, 2019. ISBN 978-0-691-18031-1.
- Paul G. S.. Predatory Dinosaurs of the World: A Complete Illustrated Guide. New York: Simon & Schuster, 1988. ISBN 978-0-671-61946-6.
- Paul G. S.. The Princeton Field Guide to Dinosaurs. Princeton: Princeton University Press, 2016. ISBN 978-0-691-16766-4.
- The Dinosauria, 2nd ed, Berkeley: University of California Press, 2004. ISBN 978-0-520-25408-4.