Nodir Haydarov
Xaydarov Nodir Qodirovich (aksariyat nufuzli manbalarda: Haydarov Nodir Qodirovich; 1987-yil 24-avgust, Buxoro, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek nevrologi, stomatologi, dotsenti va tibbiyot fanlari doktori[1]. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati (2019-yildan) va Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori (2020-yildan)[2][3]. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi[4][5].
Xaydarov Nodir Qodirovich | |
---|---|
Tavalludi |
24-avgust 1987-yil[manba kerak] SSSR, OʻzSSR, Buxoro viloyati, Buxoro[manba kerak] |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Sohasi | nevrologiya, stomatologiya |
Ish joylari | Toshkent davlat stomatologiya instituti |
Institutlar | Buxoro davlat tibbiyot instituti |
Biografiyasi
tahrirN. Q. Xaydarov 2003—2010-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olgan.
2018-yildan Toshkent davlat stomatologiya institutida „Nevrologiya“ kafedrasi mudiri, Bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019—yilda xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan
2020-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor lavozimiga tayinlangan[1][2][3].
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi boʻlgan[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Toshkent davlat stomatologiya institutining maʼmuriyati“. TSDI.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor tayinlandi“. Kun.uz (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 „Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori almashdi“. Xabar.uz (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 „Koronavirusning 5 darajasi: mutaxassis qaysi holatda qanday davo choralari koʻrilishi haqida maʼlumot berdi“. Kun.uz (2020-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
- ↑ 5,0 5,1 „Koronavirus bemorlarini davolashda tavsiya etilgan dori vositalarini birvarakayiga qoʻllash mumkin emas – mutaxassis“. Kun.uz (2020-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.