Nodira Ilxomovna Saidaxmedova (1974-yil 29-noyabr, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Nodira Saidaxmedova
Tavalludi 29-noyabr 1974-yil (1974-11-29) (50 yosh)
Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni dotsent
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Nodira Saidaxmedova 1974-yil 29-noyabr Jizzax shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan[1]. 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan[2], 2009—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. 1996—2022-yillarda Jizzax politexnika institutida assistent oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, dekan, 2007—2011-yillarda Jizzax tumani ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida „Taʼlim menejmenti“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2006-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida „Isteʼmol tovarlari marketingi tizimida tovar siyosatini shakllanishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2020-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida „Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning nazariy jihatlari va ustuvor yoʻnalishlari“ mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qildi[1]. 150 dan ortiq ilmiy maqola, 20 dan ortiq oʻquv adabiyotlar, 4 ta monografiya, 3 ta patent guvohnomasi muallifi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 
  2. „Saidahmedova Nodira“.