Noju soʻzi eski oʻzbek tiliga firs-tojik tilidan oʻtib oʻzlashgan. Soʻzning etimoni anniq emas. Eski tojik tili yozma manbalarida ham noju soʻzi qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida noju tarzida qoʻllangan: Oʻqlaring paykon bila haryon quruq jismimdadur, Shoxlar uzra koʻngullardekki ul nojuda bor. (Gʻaroyib us-sigʻar , 215)

Fors va afgʻon tilida tahrir

Hozirgi eroniy tillardan fors tilida ناژ naj va ناژو naju qaragʻay (Rubinchik, 2 , 1970, 609) shaklida uchraydi holos. Bu soʻz juda kam isteʼmolda boʻlganligidan eski yozma manbalarda ham qayd etilmagan. Hozirgi tojik, afgʻon tillarida ham noju soʻzi qoʻllanmaydi.

Etimoni tahrir

Noju soʻzi qadimgi fors tiliga sanskrit yoki boshqa tillardan oʻtib qolgan boʻlsa kerak. Oʻzbek tilining Samarqand-Buxoro dialektida qoʻllanuvchi gujum soʻzi noju soʻzi bilan umumiylikka ega boʻlsa kerak.

Manbalar tahrir

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 151 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.