Nora Arnezeder (1989-yil 8-mayda tugʻilgan[1]) – fransuz aktrisasi va qoʻshiqchisi. U eng istiqbolli aktrisa uchun beriladigan Lumières mukofoti sovrindori boʻlgan.

Nora Arnezeder
Tavalludi 8-may 1989-yil (1989-05-08) (35 yosh)
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Filmlari Army of the Dead
Zoo
Tides (The Colony)
Faoliyat yillari 2006–hozirgacha

Hayoti

tahrir

Nora Arnezeder 1989-yil 8-mayda Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan. Uning otasi Volfgang Arnezeder avstriyalik katolik, onasi Piera Schinasi esa misrlik yahudiy ayol edi[2][3][4]. U oʻrta maktabda oʻqib yurganida, Cours Florent drama maktabida aktyorlik, raqs va qoʻshiqchilik boʻyicha tahsil olgan[5].

Karyerasi

tahrir
 
Pierre Cardin va Nora Arnezeder 2019-yilgi Etoile d’Or Awards marosimida)

Nora Arnezederning birinchi asosiy roli 2008-yilda rejissyor Christophe Barratier tomonidan suratga olingan „Paris 36“ (fransuzcha: Faubourg 36) filmida boʻlgan. Bu filmdagi roli uchun u Lumières mukofotini, shuningdek, Étoile d’Or mukofotini (Fransuz kinosining oltin yulduzlari) ham qoʻlga kiritgan. Filmda Arnezeder 82-Oskar mukofotlarida „Eng yaxshi original qoʻshiq“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan „Loin de Paname“ qoʻshigʻini ijro etgan.

2009-yilda Arnezeder Guerlain firmasining L’Idylle atiri uchun brend yuzi boʻlgan.

2012-yilda Arnezeder Amerikaning „Safe House“ triller filmida Ryan Reynoldsning sevgilisi rolini oʻynagan. Oʻsha yili u Sundance kinofestivalida taqdim etilgan „The Words“ nomli Amerika drama filmida Celia rolini ijro etgan[6]. Oʻsha yili Arnezeder „Maniac“ nomli qoʻrqinchli slasher filmida ham rol oʻynagan.

2013-yilda u Ariel Zeitoun rejissyori boʻlgan „Angélique“ dramatik sarguzasht filmida bosh rolni ijro etgan. U CBS kanalida namoyish etilgan „Zoo“ teleserialining dastlabki ikki (2015-2017) mavsumida fransuz razvedka tergovchisi Chloe Tousignant rolini oʻynadi[7].

Arnezeder 2014-yil va 2018-yillar oraligʻida „Mozart in the Jungle“ serialining 6 ta epizodida Anna Maria rolini oʻynagan.

U 2018-yilda YouTube Premium (sobiq YouTube Red) obunachilari uchun taqdim etilgan „Origin“ nomli ilmiy-fantastik seriyaning bir mavsumida Evelyn Rey rolini oʻynagan[8].

2021-yilda Arnezeder Zack Snyderning Netflix tomonidan taqdim etilgan „Army of the Dead“ filmida Lilly „The Coyote“ rolini oʻynagan[9]. U, shuningdek, Paramount+ tomonidan suratga olingan „The Offer“ mini-serialida ham rol oʻynagan[10].

U 2021-yilda ingliz tilidagi „Tides“ („The Colony“) nomli nemis-shveytsariya ilmiy-fantastik triller filmida Blake rolini ijro etgan.

Filmografiyasi

tahrir
 
Arnezeder 2009-yilda.
 
Arnezeder 2017-yilda Cabourg Film festivalida.
 
Arnezeder 2019-yilda.
Yil Film Rol
2006-yil Commissaire Valence Chloé
2007-yil Les deux mondes Lyri
2008-yil Faubourg 36 Douce
2011-yil Louis la Chance Katia (ovoz bergan)
La croisière Chloé
2012-yil What the Day Owes the Night Émilie
The Words Celia
Maniac Anna
Safe House Ana Moreau
2013-yil Angélique Angélique
2014-yil Fiston Sandra
Mozart in the Jungle Anna Maria
Inside Me Madeleine
2015–2016-yillar Zoo Chloe Tousignant
2017-yil Riviera Nadia[11]
2018-yil In the Cloud Z
Origin Evelyn Rey
2020-yil Here After Honey Bee
2021-yil Army of the Dead Lilly „The Coyote“
Blast Sonia
Tides (The Colony) Louise Blake
2022-yil The Offer Francoise Glazer
Le Musk Juliet
Leopard Skin Sierra Loba
2024-yil American Star Gloria
Hali
chiqarilmagan
Tin Soldier Evoli

Manbalar

tahrir
  1. „Nora Arnezeder | Biography and Filmography | 1989“. Hollywood.com (2015-yil 5-fevral). 2017-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  2. Girard, Isabelle. „Nora Arnezeder rejoue Melody Nelson“ (FR). Madame Figaro (2010-yil 3-iyul). Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  3. Schwartz, Arnaud. „Une révélation de 19 ans. Nora Arnezeder, comédienne.“ (FR). La Croix (2008-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  4. Welter, Julien. „Nora Arnezeder:"J'apprends à faire attention a ce que je dis"“ (FR). L'Express (2011-yil 22-aprel). Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  5. „École: Anciens à l'affiche • Nora Arnezeder“ (FR). Cours Florent. Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  6. Hansen, Jeffrey „Bradley Cooper, Jeremy Irons and Dennis Quaid Collaborated to Create The Words“. Sundance.org (2012-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  7. Andreeva, Nellie. „Nora Arnezeder To Co-Star In 'Zoo'; Christian Campbell Joins 'True Detective'“. Deadline Hollywood (2014-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  8. Andreeva, Nellie. „'Origin' YouTube Sci-Fi Series Sets Natalia Tena & Tom Felton As Leads, Paul W.S. Anderson As Director“. Deadline Hollywood (2018-yil 26-aprel). Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.
  9. Galuppo, Mia „Zack Snyder's 'Army of the Dead' Rounds Out Cast with Omari Hardwick, Chris D'Elia“. The Hollywood Reporter (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  10. Petski, Denise „'The Offer' Adds Burn Gorman As Charles Bluhdorn, Patrick Gallo As Mario Puzo, Josh Zuckerman As Peter Bart & More In Making Of 'The Godfather' Series“. Deadline Hollywood (2021-yil 8-iyul). Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  11. McNeice, Katie. „Sky Vision & Altice Studio to Co-Produce Neil Jordan's Drama 'Riviera'“. Irish Film and Television Network (2017-yil 9-mart). Qaraldi: 2020-yil 22-yanvar.

Havolalar

tahrir