Komilbek Norbekov
Komilbek Norbekov (1880 — Toshkent — 1943) — oʻzbek maʼrifatparvari. Toshkentning maʼrifatli boylaridan Muhammadaminbekning oʻgʻli. Ukasi Karimbek (1882—1970) bilan birga charm ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Avstriya va Germaniya firmalari bilan teri-charm savdo aloqasini oʻrnatgan. Taraqqiyparvar doʻstlari Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Xoʻjayev (Asadullaxoʻjayev), Nizomiddin Xoʻjayev, Orifxoʻjaboy Hojinov bilan birga „Imdodiya“ („Hayriya“) jamiyati (1909), „Turon“ jamiyati va shu nomli truppani tashkil etgan (1914). 1909—1911-yillarda 35 oʻquvchiga moʻljallangan usuli jadid maktabini qurib bergan va oʻquvchilarni iqtisodiy taʼminlagan. 1917—1918-yillardagi ocharchilik davrida aholiga 600 puddan ortiq gʻalla tarqatib, xalqni ochlik azobidan qutqargan. Fayzulla Xoʻjayevni amir aygʻoqchilari taʼqibidan saqlab qolgan, uning amirga qarshi kurashida moddiy yordam bergan. 1919—1924-yillarda „Milliy ittihod“ tashkilotining aʼzosi. 1930 va 1935-yillarda siyosiy idora (GPU) tomonidan qatagʻon qilingan. 1989-yilda oqlangan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |