Norika Sefa

Kosovolik film direktori

Norika Sefa — kosovalik kinorejissyor, yozuvchi va muharrir. U hozirda Chexiyaning poytaxti Praga shahrida yashaydi[1]. Uning ilk debyut filmi 2021-yilda suratga olingan „Në kërkim të venerës“ (Venera qidirilmoqda) filmi hisoblanadi[2]. Mazkur ijod mahsuli Rotterdamdagi 50-xalqaro kinofestivalda hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻlgan[3].

Norika Sefa
Tavalludi
Fuqaroligi Kosovo
Taʼlimi Pragadagi Badiiy akademiyaning kino va televizion maktabi
Kasbi Film direktori

Hayoti va ish faoliyati

tahrir

Norika Sefa Pragadagi Badiiy akademiyaning kino va televizion maktabida magistr darajasini qoʻlga kiritgan. U odatda badiiy va hujjatli filmlarni birlashtirishga urinadi. Norika Sefa Yevropa kino akademiyasiga taklif qilingan[4].

Desde Arriba — Peru oʻrmonida Verner Gertsog rahbarligida 2020-yilda suratga olingan gibrid shakldagi hujjatli film[5].

Në kërkim të venerës

tahrir

Venera qidirilmoqda (albancha: Në kërkim të venerës) (2021) — Norika Sefaning debyut badiiy filmi. Film Kosovoda, asosan, aktyor boʻlmagan havaskorlardan tashkil topgan jamoa bilan suratga olingan voyaga yetganlar dramasidir. U Kosovoning ekzotik stereotiplardan uzoqdagi holatini koʻrsatishga qaratilgan[6][7][8]. Film chekka qishloqda ota-onasi, ikki ukasi va buvisi bilan tor uyda yashovchi Venera (iqtidorli Kosovare Krasniqi tomonidan ijo etilgan) ismli o‘smir qiz va uning dugonasi Dorina (Rozafa Cefaj tomonidan o‘ynalgan) haqida.

Venera qidirilmoqda filmi Prishtinadagi Circle Production tomonidan ishlab chiqarilgan.

Film Kosovo kinematografiya markazi va Makedoniya hamkorligida ishlab chiqarilgan. Film Kosovoning Makedoniya bilan chegara hududidagi kichik shaharchada suratga olingan. Filmning premyerasi Rotterdamdagi 50-xalqaro kinofestivalda boʻlib oʻtgan va „Tiger“ tanlovida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻlgan[3]. Norika Sefa hozirda Kosovoda oʻzining navbatdagi badiiy filmini suratga olish bilan shugʻullanmoqda[5].

Filmografiyasi

tahrir
  • Desde Arriba (2020) — qisqa hujjatli film
  • Kiss Me, Now (2020) — qisqacha hujjatli film
  • Në kërkim të Venerës/Venera qidirilmoqda (2021) — badiiy film

Manbalar

tahrir
  1. „Norika Sefa | IFFR“. iffr.com. 2022-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  2. Abbatescianni. „Looking for Venera: a coming of age and emancipation story in today's Kosovo“. Calvert 22 Foundation. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  3. 3,0 3,1 Dalton. „Film Republic boards Rotterdam special jury prize winner 'Looking For Venera' (exclusive)“. Screen. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  4. „Dokufest“. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  5. 5,0 5,1 „Festival Scope“. pro.festivalscope.com. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  6. „Norika Sefa • Director of Looking for Venera“ (en). Cineuropa – the best of european cinema. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  7. Dalton. „Film Republic sells 'Looking For Venera' to Mubi, picks up two titles (exclusive)“. Screen. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  8. Young. „'Looking For Venera': Rotterdam Review“. Screen. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.

Havolalar

tahrir