Nosiriddin Abu Ja’far Muhammad ibn Muhammad
Tusiy,Nosiriddin Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad—faylasuf,tabiiyotshunos va diniy-siyosiy arbob.
Faoliyati
tahrirTusiy(1201-1273/74)—Tus shahri yaqinidagi Jaxrunda tug‘ilgan. Diniy va falsafiy ilmlarni 1216-yildan Nishopurda, shaharni mo‘g‘ullar bosib olganidan keyin (1222) esa,Tusda o‘rgangan.1228—1255-yillarda ismoiliy hukmdorlar, jumladan,Ko‘histon hokimi Nosiriddin va uning o‘g‘li Muinvddin saroyida xizmat qilgan.1255—1273-yillarda mo‘g‘ul hukmdorlari Xuloku va Abaqa huzurida mas’ul lavozimlarni egallagan. Bag‘dodda vafot etgan. Tusiy kalom ilmi masalalarini Aristotel falsafasi asosida hal etib, bu sohada Abu Ali ibn Sino anʼanasiga rioya etgan. Tusiy soʻfiylikka qiziqish bilan qaragan, o‘z davrining mashhur soʻfiylari bilan yozishib turgan. Tibbiyot,riyoziyot,tabiat va ayniqsa falakiyotga oid asarlar muallifi,Marog‘a rasadxonasining asoschisi sifatida shuhrat qozongan. Shia doiralarida faylasuf olim sanalib, katta obro‘ orttirgan.
Asarlari
tahrir- „At-Tajrid“ („Nutq pokligi“) va „Qavoid al-aqoid“ („Aqidalar asosi“) asarlari fiqh hamda kalomga bag‘ishlangan.
- Odob-axloqqa doir „Axloqi Nosiriy“ va falakiyotga oid „al-Muiniyya“ risolalarini yozdi.
Adabiyotlar
tahrir- Husniddinov, Zuhriddin. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: „O’zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |