Nosiriddinshoh
Nosiriddinshoh (1831-1896.1.5, Tehron) — Eron shohi (1848—96). Qojarlar sulolasidan. Muhammadshoh Qojar va Malikjahon xonimning oʻgʻli. Uningdavrida Bobiylar qoʻzgʻolonlari shafqatsizlik bilan bostirilgan. N. davrida Yevropa mamlakatlarining Erondagi siyosiy tazyiqi kuchaygan. N. chet el (ingliz va rus) sarmoyadorlariga telegraf, bank, yoʻl va boshqa konsessiyalarkni bergan. 1892-yilda Angliyadan davlatni asoratga soladigan katta qarz olgan. Chet el ta-maki konsessiyasiga qarshi koʻtarilgan harakatni jazolagani uchun maxfiy terroristik tashkilot vakili Mirzo Rizo Kirmoniy tomonidan oʻldirilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |