Nosirjon Aminov (1976-yil 6-mart, Angren, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek siyosatchisi, qurilish muhandisi. 2020-yilda u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasigs saylangan. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

Nosirjon Aminov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-aprel 1976-yil (1976-04-06) (48 yosh)
Angren Oʻzbekiston SSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Hayoti

tahrir

Nosirjon Aminov 1976-yil 6-martda Toshkent viloyati Angren shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan, oliy maʼlumotli qurilish muhandisi.1997-yilda „Angren Uy-joy qurilish“ aksiyadorlik jamiyatida montajchi sifatida ish boshladi. Birozdan soʻng, oʻsha yili u „Oʻzbekenergoremont“ ishlab chiqarish birlashmasida mexanik boʻlib ish boshladi. 1998—2001-yillarda Angren elektr stantsiyasining issiqlik taʼminoti sexi va yer osti inshootlari sexida chilangar boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 2001—2003-yillarda u „Angrenskaya Teplostantsiya“ shoʻba korxonasining metall laboratoriyasida NDT inspektori boʻlgan. 2003-yilda u „Oʻzbekenergo“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi „Angrenskaya teplostantsiya“ ochiq aksiyadorlik jamiyatining metall laboratoriyasining boshligʻi, soʻngra katta mexanik ustasi etib tayinlandi. 2011-yildan 2016-yilgacha „Angren issiqlik elektr stansiyasi“ aksiyadorlik jamiyatida sex rahbari boʻlib ishlagan. 2016-yildan hozirgi kungacha „Angren issiqlik elektr stansiyasi“ aksiyadorlik jamiyatining direktori lavozimida ishlab kelmoqda[1].

2020-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek Sanoat, qurilish va savdo qoʻmitasi aʼzosi va „Oʻzbekiston Ekologik partiyasi“ fraktsiyasi aʼzosi etib saylangan[2][3].

Manbalar

tahrir