Nostalgiya — bu shaxsning oʻtmishda baxtli hayot bilan oʻtgan bir davrni yoki joyni sogʻinish.[2] Nostalgiya soʻzi yunonchadan olingan birikma boʻlib, u νόστος (nóstos), „uyga qaytish“ va va ἄλγος (álgos), „qaygʻu“ yoki „maʼyuslik“ degan maʼnoni anglatadi.17-asrda tibbiyot talabasi uydan uzoqda jang qilayotgan shveytsariyalik yollanma askarlarning tashvish chekishlarini tasvirlash uchun yaratilgan soʻz.[3] Ilk zamonaviy davrda - melanxoliya sifatida tibbiy holat deya tasvirlangan va Romantizm davrida muhim tropga aylandi.[2]

The Saturday Evening Post arxivi direktorining aytishicha, jurnal „nostalgiya va mehr aralashmasi“ bilan taqdirlangan.[1]

Nostalgiya oʻtmishga, uning oʻziga xosligiga, imkoniyatlariga va voqealariga, ayniqsa "o`tmishdagi yaxshi kunlar " yoki „issiq bolalik“ ga intilish bilan bogʻlangandir.[4]

Nostalgiya boʻyicha ilmiy adabiyotlar odatda kishining shaxsiy hayoti haqidagi nostalgiyaga ishora qiladi va tadqiqot davomida asosan induktsiya sifatida nostalgiya taʼsiri oʻrganiladi. His-tuygʻu-nostalgiyaning kuchli qoʻzgʻatuvchisi hisoblanadi.Qoʻzgʻatuvchili stimullar birinchi navbatda miyaning hissiy oʻrindigʻi boʻlgan amigdaladan oʻtib, bunday ogohlantirishlarni qayta ishlash tufayli sogʻinch hissini uygʻotadi. Insonning oʻtmishi haqidagi bu xotiralar odatda muhim voqealar, sizni qiziqtiradigan odamlar va vaqt oʻtkazgan joylari haqidagi xotiralardir. Musiqa,[5] oʻyin-kulgi (filmlar,[6] video oʻyinlar, va boshqalar) ob- havo[7] ham nostalgiyaning kuchli tepkilari boʻlishi mumkin.

FunktsiyalariTahrirlash

Vaqt oʻtishi bilan Nostalgiya taʼrifi sezilarli darajada oʻzgargan. Yunoncha „Uyga qaytish“ va „ogʻriq“ degan maʼnolarni anglatuvchi soʻz ildizlariga keladigan boʻlsak, vatan sogʻinchini ifodalovch bu tuygʻu asrlar davomida zaiflashtiruvchi va hatto oʻlimga olib keluvchi kasallik deb hisoblangan. Zamonaviy nuqtai nazarga koʻra esa, nostalgiya — odamlar tez-tez boshidan kechiradigan mustaqil, hatto ijobiy tuygʻu hisoblanadi. Nostalgiya ruhiy holatni yaxshilash, ijtimoiy aloqadorlikni oshirish, oʻziga ijobiy munosabatni kuchaytirishi kabi muhim psixologik funktsiyalarga ega.[8] Bir qancha nostalgik aks birdan ortiq funktsiyalarni bajaradi, va umuman olganda ularni boshdan kechirganlarga foyda keltiradi. Bunday foydalar surunkali xarakterga yoki shaxsiy xususiyat „nostalgiyaga moyillik“ga olib kelishi mumkin.[9][10] Shuningdek, nostalgiya, oʻrganish va xotirani mustahkamlash bilan bogʻlangan.[11]

Kayfiyatni yaxshilaydiTahrirlash

Garchi nostalgiya koʻpincha salbiy his-tuygʻular bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa-da, nostalgik fikrlar oqibatida odamning kayfiyatini koʻtariladi, ijobiy his-tuygʻular oshiriladi, bu esa iliqlik tuygʻularini keltirib chiqaradi. Kayfiyatni yaxshilash usullaridan biri bu insonning baxtiga toʻsqinlik qiladigan muammolarni samarali hal qilishdir. Batcho (2013) nostalgiyaga moyillik strategiyalarni rejalashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengish usullari va shuningdek muammoni pozitiv mushohada qilish bilan ijobiy ravishda bogʻliqligini aniqladi. Ushbu tadqiqotlar nostalgiyaga moyil odamlarda uchrashi mumkun boʻlgan qiyinchiliklarni yengish usullari koʻpincha stressli paytlarda foydalidir degan xulosaga olib keldi. Nostalgiya qiyin paytlarda qoʻllab-quvvatlashni oshirib, yengish strategiyalariga va ularni amalga oshirishga koʻproq eʼtibor qaratish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.[12]

Ijtimoiy aloqani oshiradiTahrirlash

 
Tvid ran (Tweed run), 2013

Shuningdek nostalgiya, baʼzida siz bilan yaqin boʻlgan odamlar haqidagi xotiralarini ham oʻz ichiga oladi va bu orqali insonni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hissi va aloqalarni oshiradi. Nostalgiya, ayniqsa, yolgʻizlik tuygʻusi bilan qoʻzgʻaladi, ammo yaqin munosabatlarning aksi bilan bu his-tuygʻuga qarshi turadi. Zhouga koʻra (2008), yolgʻiz odamlar koʻpincha ijtimoiy qoʻllab quvvatlash haqida kamroq tasavvurga ega boʻladilar. Biroq, yolgʻizlik nostalgiyaga olib keladi, va bu aslida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tushunchalarini oshiradi. Shunday qilib, Zhou va uning hamkasblari (2008) nostalgiya odamlarning ijtimoiy bogʻliqligini tiklash funktsiyasini bajaradi degan xulosaga kelishdi.[13]

Oʻz-oʻzini ijobiy baholashni kuchaytiradiTahrirlash

Nostalgiya kurashish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi va odamlarga oʻzlarini yaxshi his qilishlariga yordam beradi. Vess va boshqalar. (2012) nostalgik xotiralar haqida oʻylangan sub’ektlarda kelajakdagi hayajonli tajribalar haqida oʻylagan sub`ektlarga qaraganda ijobiy xususiyatlar koʻproq mavjudligini koʻrsatdi. Bundan tashqari oʻtkazilgan ikkinchi tadqiqotda, birinchi guruh ishtirokchilari nostalgiyaga jalb qilish va nostalgik reflektsiyaga duchor boʻlishdi, boshqa guruh ishtirokchilari esa yoʻq. Tadqiqotchilar yana bir bor oʻz atributlarini koʻrib chiqdilar va nostalgik tajribalarga duchor boʻlmagan ishtirokchilar xudbinlik va faqat oʻzini oʻylaydigan xususiyatlar namunasini aks ettirishini aniqladilar. Biroq, Vess va boshqalar. (2012), nostalgik reflektsiyaga jalb qilingan ishtirokchilar orasida bunday xususiyatlar zaiflashganini va kuchsizroq ekanligini aniqladi.[14]

Ekzistensial maʼnoni beradiTahrirlash

Nostalgiya salomatlik qoʻrquvlarini buferlash, shuningdek, muammolar yoki stress bilan kurashish istagini boshlash orqali oʻz qadr-qimmatini va hayot mazmunini oshirishga yordam beradi. Routledge (2011) va uning hamkasblari nostalgiya insonning hayotdagi maʼno hissi bilan ijobiy bogʻliqligini aniqladilar. Ikkinchi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, nostalgiya insonning hayotdagi maʼno hissini oshiradi, bu esa ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hissi va aloqa bilan bogʻliq deb hisoblanadi. Uchinchidan, tadqiqotchilar hatto qoʻrquv ostidagi maʼno har doim nostalgiya uchun qoʻzgʻatuvchi boʻlib xizmat qilishi mumkinligini aniqladilar, bu esa nostalgik reflektsiyani kuchaytiradi.Toʻrtinchi tadqiqotda koʻrsatilganidek nostalgiyani qoʻzgʻatish orqali, odamning bunday qoʻrquvlardan himoyalanish qobiliyati minimallashtiriladi. Ohirgi ikkita tadqiqot shuni koʻrsatdiki, nostalgiya nafaqat maʼno yaratishga, balki maʼno yetishmasligi va insonning farovonligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni buzish orqali qoʻrquvlarni buferlashga qodir. 2012-yilda Routledge tomonidan yakunlangan kuzatuv tadqiqotlari nafaqat nostalgiya funktsiyasi sifatida maʼno topdi, balki nostalgik odamlar kattaroq idrok maʼnolariga ega, atrofdan kamroq maʼno qidiradi va ekzistensial qoʻrquvni yaxshiroq buferlashi mumkin degan xulosaga keldi.[15][16]

Firibgarlik sifatidaTahrirlash

Yaqinda oʻtkazilgan bir tadqiqot nostalgiya gʻoyasini tanqid qiladi, bunda baʼzi shakllarda odamlar tarixiy faktlardan qochishi uchun himoya mexanizmiga aylanishi mumkin.[17] Ushbu tadqiqot Janubiy Afrikadagi aparteidning turli xil tasvirlarini koʻrib chiqdi va nostalgiya ikki yoʻl sifatida namoyon boʻlishini taʼkidladi:[18] „qayta tiklovchi nostalgiya“ oʻsha oʻtmishga qaytish istagi va tanqidiyroq boʻlgan „reflektiv nostalgiya“.

Qulaylik sifatidaTahrirlash

Oʻtmishdagi xotiralarni qayta tiklash odamga tasalli berishi va ruhiy salomatlikka hissa qoʻshishi mumkin.[19] Yaqinda oʻtkazilgan tibbiy tadqiqotlardan biri oʻtmishdagi „yaxshi“ xotiralar haqida oʻylashning fiziologik taʼsirini koʻrib chiqdi. Ular oʻtmish haqida „mehr bilan“ bilan oʻylash haqiqatan ham jismoniy issiqlik hissini kuchaytirganini aniqladilar.[20]

Siyosiy vosita sifatidaTahrirlash

2014-yilda Routledge tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda u va bir guruh odamlar hayotlarida katta oʻzgarishlar va noaniqliklar haqida qancha koʻp oʻylashsa, oʻtmishni shunchalik sogʻinishlarini kuzatdilar. Routledge, ideallashtirilgan oʻtmish gʻoyasini qoʻllash orqali siyosatchilar siyosiy ishontirish vositasi sifatida nostalgiyani madaniy tashvishlar va noaniqliklarni jozibali va samarali qiladigan ijtimoiy daʼvat qilishi mumkinligini taklif qiladi.[21][22]

Boshqa jihatlarTahrirlash

Tibbiy holat sifatidaTahrirlash

Bu atama 1688-yilda Johannes Hofer (1669-1752) tomonidan Bazel dissertatsiyasida kiritilgan. Hofer nostalgiyani „vatan sogʻinchi“ va shuningdek shveytsariyalik yollanma askarlar Shveytsariya tekisliklarida vatanining goʻzal tabiatini tez-tez qumsaganlari sababli, mal du Suisse „Shveytsariya kasalligi“ deb kiritdi. Bu kasallik alomatlari hushidan ketish, yuqori isitma va oʻlimni oʻz ichiga oladi.

Sir Joseph Banks bu soʻzni oʻz jurnalida Kapitan Kukning birinchi sayohati paytida ishlatgan, ammo jurnal uning hayoti davomida nashr etilmaydi.[23] Oʻlimga olib kelgan holatlar boʻlganda askarlar baʼzan qoʻyib yuborilgan va uylariga joʻnatilganda tuzalib ketgan holatlari boʻlgan. Biroq, tashxisni qabul qilish odatda askar uchun haqorat sifatida qabul qilingan.

1850-yillarga kelib nostalgiya maʼlum bir kasallik maqomini yoʻqotdi va koʻproq patologik jarayonning alomati yoki bosqichi sifatida koʻrila boshladi. Bu melanxoliyaning bir shakli va oʻz joniga qasd qilishga moyil holat sifatida qabul qilindi. Biroq, nostalgiya hali ham Amerika Fuqarolar Urushi davridagi askarlar orasida tashxislangan edi.[24] 1870-yillarga kelib nostalgiyaga tibbiy kategoriya sifatida qiziqish deyarli butunlay yoʻqoldi. Nostalgiya hali ham Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlarida, ayniqsa Amerika qurolli kuchlari tomonidan tan olingan edi. Frontni toʻda-toʻda tark etayotgan qoʻshinlar oqimini toʻxtatish sababini oʻrganish va tushunish uchun koʻp vaqt sarflandi (BBCning „Oʻzlik asri“ hujjatli filmiga qarang).

Nostalgiya oʻtmishdagi voqealarni eslatuvchi hotiralar tomonidan qoʻzgʻatiladi. Bunda kelib chiqqan his-tuygʻular baxtdan qaygʻuga qadar farq qilishi mumkin. „Nostalgik tuygʻu“ atamasi odatda maʼlum bir vaqt davriga qaytishga intilish bilan bogʻliq yoqimli his-tuygʻularni tasvirlash uchun ishlatiladi.

RomantizmTahrirlash

Shvet nostalgiyasi Kuhreihen qoʻshigʻi bilan bogʻliq boʻlib, qoʻshiqni shveytsariyalik yollanma askarlarga aytish yoki tinglash taqiqlangan edi, chunki nostalgiya qochib ketish, kasallik yoki oʻlimga olib kelardi. Jean-Jacques Rousseauning 1767-yilgi musiqa lugʻatida (Dictionnaire de Musique) shveytsariyalik yollanma askarlarning shveytsarcha qoʻshiqlarni kuylashlariga yoʻl qoʻymaslik uchun qattiq jazo bilan tahdid qilinganligi aytiladi. Nostalgiyaning romantizmga aloqasi va Shveytsariyaga boʻlgan ishtiyoq 19-asrda Yevropa madaniy elitasini egallab olgan Shveytsariyada ilk turizm rivojlanishining muhim omili boʻlgan.

MusiqaTahrirlash

Eski qoʻshiqlarni eshitish inson xotirasini qaytarishi mumkin. Muayyan bir lahzada bir marta eshitilgan, keyin esa uzoq vaqtgacha eshitilmagan qoʻshiq tinglovchida eslab qolingan kun va oʻsha paytda sodir boʻlgan voqealar uchun nostalgik hisni beradi. Biroq, u qoʻshiq inson hayoti davomida eshitilsa, u yuqorida aytilgan hislarni berishni yoʻqotadi.[25]

KitoblarTahrirlash

Inson tanish musiqa tinglash, eski fotosuratlarga qarash yoki oʻtmishdagi muhitni eslashi orqali nostalgiya tuygʻularini ataylab qoʻzgʻatishi mumkin.[26] Ushbu usul keng tarqalgan boʻlib, nostalgiya tuygʻusini uygʻotish uchun koʻplab kitoblar nashr qilingan. Kitoblar nostalgiyani monetizatsiya qilishda qoʻllaniladigan koʻplab vositalarning biridir[27] .

Reklama vositasi sifatidaTahrirlash

Ommaviy axborot vositalari va reklamada nostalgiyani uygʻotuvchi tasvirlar, tovushlar va havolalardan strategik maqsadda isteʼmolchilar va mahsulotlar oʻrtasida bogʻliqlik hissi yaratish uchun jamoatchilikni reklama qilingan mahsulotlarni isteʼmol qilish, tomosha qilish yoki sotib olishga ishontirish uchun foydalanish mumkin.[28] Zamonaviy texnologiyalar nostalgiyani uygʻotuvchi reklama mavzusi, uslubi va dizayni orqali tayyorlaydi.[29] Oʻtmishni sogʻinish tuygʻusi ijtimoiy tarmoqlar va reklama orqali osonlikcha aloqa qiladi, chunki bu ommaviy axborot vositalari koʻp his-tuygʻularning ishtirokini talab qiladi, oʻz gʻoyalarini toʻliq ifodalay oladi, shuning uchun oldingi hayotni koʻproq eslatib turadi.

Samarali reklama sxemalarida isteʼmolchilar nostalgiyani his qilishlari uchun muayyan voqea yoki vaqtni boshdan kechirishlari shart emas. Bu vakilnostalgiya deb ataladigan hodisaga bogʻliq. Vakil nostalgiya — bu xotira doirasidan oldin yoki undan tashqarida sodir boʻlgan, lekin unga qayta-qayta taʼsir qilish natijasi bilan bogʻliq (sentimental qiymatga ega) bir lahzaga hasratli intilish hissi.[30] Reklama va boshqa ommaviy axborot vositalarining doimiy targʻiboti nostalgiyani keltirib chiqaradi.


Marketingning tartib doirasida ishlab chiqilgan, ideallashtirilgan shaxs kelajakka intilish sifatida tavsiflangan forestalgiya nostalgiyaning kelajakka yoʻnaltirilgan hamkasbi boʻlib xizmat qiladi.[31] Faqat baxtli xotiralar saqlanib qoladigan nostalgiya singari, forestalgiya insonlarnga hozirgi paytdan qochish niyatlarini, hozirgi tashvishlar yoq boʻlgan romantiklashgan kelajakni tushuntiradi. Marketing tadqiqotchilari gedonik va utilitar mahsulotlarni targʻib qilishda va mahsulotlarini ilgari surishda uzoq oʻtmishdagi nostalgiya va uzoq kelajakdagi forestalgiya reklamasi eng samarali yoʻl ekanligini aniqladilar. Bundan farqli oʻlaroq, uzoq oʻtmishdagi nostalgiya yoki yaqin kelajak forestalgiyasi bilan bezatilgan reklama koʻngilochar mahsulotlar uchun koʻproq mos edi.  

ManbalarTahrirlash

  1. Mills, Wes. Saturday Evening Post Celebrates 200 Years“, Inside Indiana Business (6-iyul 2021-yil).
  2. 2,0 2,1 Boym, SvetlanaThe Future of Nostalgia. Basic Books, 2002. — xiii–xiv bet. ISBN 978-0-465-00708-0. 
  3. Fuentenebro Nostalgia: a conceptual history, 2014. — s. 404–411. DOI:10.1177/0957154X14545290. 
  4. Sedikides „Nostalgia: Past, Present, and Future“, oktabr 2008. — s. 304–307. DOI:10.1111/j.1467-8721.2008.00595.x. 
  5. „Music-Evoked Nostalgia“.
  6. Nelakonda. „Binging on nostalgia – why we replay TV from our youth“. the Epic. Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
  7. „Study: Nostalgia Makes Us Warm, and Cold Makes Us Nostalgic“, 4-dekabr 2012-yil.. 
  8. Wildschut „Nostalgia: Content, triggers, functions“, 2006. — s. 975–993. DOI:10.1037/0022-3514.91.5.975. 
  9. Vanessa Köneke: More bitter than sweet — Are nostalgic people rather sad than happy after all? GRIN Verlag GmbH, München 2010, ISBN 978-3640942268.
  10. Schindler Nostalgia for early experience as a determinant of consumer preferences (en), 1-aprel 2003-yil. — s. 275–302. DOI:10.1002/mar.10074. 
  11. Oba K. Memory and reward systems coproduce 'nostalgic' experiences in the brain (en), 4-iyun 2015-yil. — s. 1069–1077. DOI:10.1093/scan/nsv073. 
  12. Batcho, K. I. (2013). „Nostalgia: Retreat or support in difficult times?“ The American Journal of Psychology,
  13. Zhou „Counteracting loneliness: On the restorative function of nostalgia“, 2008. — s. 1023–1029. DOI:10.1111/j.1467-9280.2008.02194.x. 
  14. Vess „Nostalgia as a resource for the self“, 2012. — s. 273–284. DOI:10.1080/15298868.2010.521452. 
  15. Routledge „The past makes the present meaningful: Nostalgia as an existential resource“, 2011. — s. 638–652. DOI:10.1037/a0024292. 
  16. Routledge „The power of the past: Nostalgia as a meaning-making resource“, 2012. — s. 452–460. DOI:10.1080/09658211.2012.677452. 
  17. Hook, D.(2012) „Screened history: Nostalgia as defensive formation.“ Peace and Conflict: Journal of Peace Psychology, Vol 18(3), Aug, 2012. Special issue: Of Narratives and Nostalgia. pp. 225-239
  18. Boym, S. (2001). The future of nostalgia. New York, NY: Basic Books
  19. John Tierney. „What Is Nostalgia Good For? Quite a Bit, Research Shows“, The New York Times (8-iyul 2013-yil). Qaraldi: 9-iyul 2013-yil.
  20. Zhou Heartwarming memories: Nostalgia maintains physiological comfort., 2012. — s. 678–684. DOI:10.1037/a0027236. 
  21. Sedikides „Nostalgia counteracts self-discontinuity and restores self-continuity“, 2015. — s. 52–61. DOI:10.1002/ejsp.2073. 
  22. Routledge, Clay. „Approach With Caution: Nostalgia Is a Potent Political Agent“, Undark Magazine (31-oktabr 2017-yil).
  23. Beaglehole, J. C. (ed.). The Endeavour Journal of Joseph Banks 1768-1771, Public Library of New South Wales/Angus and Robertson, Sydney, 1962, vol. ii, p. 145
  24. Wisconsin Public Radio, To the Best of Our Knowledge, „Svetlana Boym on Nostalgia“, 2002 November 3
  25. „Music-Evoked Nostalgia“. „Music-Evoked Nostalgia“.
  26. „The Brain and Nostalgia“.
  27. Nostalgia industry
  28. Lizardi, R.. Mediated Nostalgia. Maryland: Lexington Books, 2015.. 
  29. Niemeyer, K.. Media and Nostalgia. Palgrave Macmillan, 2014.. ISBN 978-1-137-37588-9. 
  30. Merchant Effects of advertising evoked vicarious nostalgia in brand heritage, 2013. — s. 66. 
  31. Barnwell „Nostalgia and Forestalgia: Insights, Evaluation, and Implications for Advertising and Product Typology“, 5-aprel 2022-yil. — s. 19. DOI:10.1080/00913367.2022.2036652.