Nuevoleon — Meksikaning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 64,5 ming km². Aholisi 3,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Monterrey shahri Shtatning gʻarbiy va jan. qismini Meksika togʻligi, keng maydonlarni platolar egallagan. Iqlimi tropik, qishi quruq iklim. Oʻrtacha oylik temperaturalar 15° dan 28° gacha. Yillik yogʻin 300–600 mm.

Nuevo-Leon
ispancha: Nuevo León

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 51 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Monterrey
Yirik shahari Монтеррей
Asos solingan sanasi 14-oktabr 1824
Gubernator Rodrigo Medina de la Cruz, PRI PRI 04.10.2009
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 4 653 458
Zichligi 72,09 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, oqlar, otomlar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (87,9 %), protestantlar va evangellar (6,2 %), boshqa nasroniylar(2 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (2,8 %).
Maydoni 64 555 km² (13-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3710 m
Kengligi 27°49' — 23°11’ N
Uzunligi 98°26' — 101°14' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-NLE
Pochta indeksi N.L.
Rasmiy sayti http://www.nl.gob.mx
Xaritada
Nuevo-Leon xaritada
25°34′00″N 99°58′14″W / 25.56667°N 99.97056°W / 25.56667; -99.97056

N.-L. — Meksikaning nisbatan rivojlangan shtatlaridan. Sanoati yetakchi oʻrinda (mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 15%). Foydali qazilma konlariga boy. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora va rangli metallurgiya. Metallsozlik va kimyo sanoatlari ham rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik yetakchi oʻrinda. Paxta ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Sitrus mevalar plantatsiyalari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil