Numon Satimov
Numon Yunusovich Satimov (tugʻ.15-dekabr 1939-yil, Andijon — 22-sentyabr 2006-yil, Toshkent) — Sovet va oʻzbek matematigi, fizika-matematika fanlari doktori[1], Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati (1985). Differensial tenglamalar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va ularni qoʻllash sohalari boʻyicha mutaxassis[2][3][4].
Numon Yunusovich Satimov | |
---|---|
Tavalludi |
15-dekabr 1939-yil Andijon |
Vafoti |
22-sentyabr 2006-yil (66 yoshda) |
Istiqomat joylari | OʻzSSR |
Fuqaroligi | OʻzSSR |
Sohasi | Matematik, fizika-matematika fanlar doktori |
Taʼlimi | Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti |
Hayoti
tahrirNumon Satimov 1939-yil 15-dekabrda[5] Andijon shahrida ishchi oilasida tugʻilgan.
1956-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi. 1958-yilda Mixail Vasilevich Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida oʻqishni davom ettirdi. 1962-yilda u universitetni tamomlab Matematika instituti qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirdi.
1968-yilda Numon Satimov professor Boltyanskiy Vladimir Grigorevich rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1977-yilda esa professor Vasiliy Mishenko rahbarligida u doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[6] (Steklov nomidagi matematika institutining ixtisoslashtirilgan kengashida). 1978-yilda Numon Satimovga professor unvoni berilgan. 1979-yilda u Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi boʻldi[6].
1968-yildan Numon Yunusovich Toshkent Davlat universitetida ishlagan. 1971-yildan u professor Satimov OʻzMU Amaliy matematika va mexanika fakulteti kafedra mudiri; 1974—1976-yillarda Steklov nomidagi matematika-mexanika institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1985—1987-yillarda Amaliy matematika va mexanika fakulteti dekani. 2000-yildan Numon Satimov Matematika institutida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishladi[7].
Numon Yunusovich Satimov 2006-yil 22-sentyabrda vafot etdi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
Ilmiy qiziqishlar
tahrirUning asosiy ishlari differensial tenglamalar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va ularni qoʻllash sohalariga tegishli. Nazorat nazariyasi va differensial oʻyinlar boʻyicha Toshkent ilmiy maktabiga asos solgan. 35 yildan ortiq vaqt davomida u tomonidan tashkil etilgan „Optimal jarayonlar va differentsial oʻyinlar“ tadqiqot seminariga rahbarlik qildi.
U differentsial tenglamalar boʻyicha darslik, 2 ta monografiya[8][9], 180 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan, ularning aksariyati AQSh va Buyuk Britaniyadagi jurnallarda tarjima qilingan va nashr etilgan. Uning rahbarligida sakkizta doktorlik va yigirmadan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi.
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.mathnet.ru/rus/person18076
- ↑ „Satimov, N. Yu“. zbMATH.
- ↑ Бородин А. И., Бугай А. С.. Выдающиеся математики, 1987 — 461-bet.
- ↑ „Ранее состоявшиеся члены Академии Наук РУз“. Академия Наук РУз.
- ↑ „Персоналии: Сатимов Нуман Юнусович“. www.mathnet.ru. Qaraldi: 9-iyun 2019-yil.
- ↑ 6,0 6,1 http://www.mathnet.ru/php/archive.phtml?wshow=paper&jrnid=de&paperid=2020&option_lang=rus
- ↑ Академик Н. Ю. Сатимов // Узбекский Математический Журнал : Журнал. — 2006. — 2 Октябрь (№ 4). — С. 108.
- ↑ Сатимов Н. Ю., Рихсиев Б. Б.. Методы решения задачи уклонения от встречи в математической теории управления. Ташкент: "ФАН" АН РУз, 2000. ISBN 5-648-02716-8.
- ↑ Сатимов Н. Ю.. Управляемые динамические системы и их приложения. Ташкент: Ташкентский Государственный Университет, 1987.