Nuriston viloyati

(Nuristondan yoʻnaltirildi)

Nuriston, sobiq Kofiriston — Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi baland togʻli viloyat. Aholisi, asosan, nuristonilar. 19-asr oxiriga qadar Nuristonda mustaqil dehqon jamoalari yashagan; ular arablar, Amir Temur, Akbar, Nodirshoh bilan boʻlgan urushlarda oʻz mustaqilliklarini saqlab qolishgan. 1896-yil afgʻon amiri Abdurahmon tomonidan boʻysundirilgan, aholi islomga kirgizilgan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil