Ibrohim Nurmonov (1936.29.12, Samarqand viloyati) — aktyor, rejissor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik boʻlimini (1965) va rejissorlik boʻlimini (1982) tugatgan. 1965-yildan Kattaqoʻrgon teatrida ishlaydi (1982—85 yillar teatr direktori va badiiy rahbari, 2000-yildan bosh rejissor). Komilov (I. Sulton, "Imon"), Sorrini (M. Lermontov, "Ispanlar"), Niyoz (I. Sulton, "Nomaʼlum kishi"), Navoiy (I. Maxsumov, "Navoiy Astrobodda"), Husnidsin (Ya. Xudoyqulov, "Sud") kabi obrazlar yaratdi. U oʻz qahramonlarini romantik his-tuygʻular va falsafiy mazmun bilan chuqur ochishga intiladi. N. sahnalashtirgan "Oltin devor" (E. Vo-hidov), "Mehribonlar" (J. Asomiddi-nov), "Tobutdan tovush" (A. Qahhor), "Zebunniso" (Uygʻun), "Makr va muhab-bat" (F. Shiller), "Oʻzing uchun oʻl yetim" (Oʻ. Umarbekov), "Armon" (Ya. Xudoy-qulov) kabi spektakllarda ijrochilar ansamblining yaxlitligi taʼminlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil