Nurtepa yodgorligi
Nurtepa yodgorligi – mil.avv VII-I asrlarga oid Sirdaryo viloyati Nijonisoy boʻyida joylashgan yodgorlik. Yodgorlik janubdan shimolga choʻzilgan past togʻ tizmasi oʻrtasidagi tepalikda joylashgan boʻlib, maydoni 18 gektarni tashkil etadi. U yarim oval shaklga ega va ikki qismdan iborat. 1979-yilda kashf etilgan. Tadqiqot ishlari 1980—1986-yillar davomida amalga oshirilgan[1].
Manzilgoh | Sirdaryo |
---|---|
Mintaqa | Oʻzbekiston |
Balandlik | 1.5–2.1 m (5–7 ft) |
Turi | Aholi manzilgohi |
Hudud | 18 gektar |
Tarix | |
Material | Paxsa |
Tashkil etilgan | Mil.avv VII—I asrlar |
Manzilgohda bir necha marta arxeologik tadqiqotlar oʻtkazilgan. Tadqiqotlar natijasi bu hududlarda Aleksandr Makedonskiy bostirib kirishidan oldin, yaʼni mil.avv. 327-yilda ham shahar mavjud boʻlgan. Shaharda mudofaa inshootlari, hukmdor saroyi – ark hamda aholining uy-joylari joylashgan. Nijonisoyda oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga koʻra, katta kanal izlari topilgan. Bu aholining sugʻorma dehqonchilik bilan shugʻullanganligidan dalolat beradi. Nurtepa yodgorligidan 5x3.5 metr boʻlgan katta hajmdagi turar joy obyektlari topilgan. Turar joylar tomi yengil toʻsin bilan yopilgan. Bundan tashqari karkas uslubida barpo etilgan yer usti turar joylari ham mavjud. Nurtepa meʼmorchiligida mahalliy hududning mikrorelyefi aks etgan. Nurtepa yodgorligining tashqi devori eni 4.25 metr, balandligi 1.2-1.5 metrni tashkil etadi va miloddan avvalgi VII – VI asrlarga oid. Devorlar boʻlib tekislangan tabiiy lyoss koʻtarmadan qurilgan. Lyoss koʻtarmaning ichki tomonidan unga parallel ravishda eni 2.1 metr boʻlgan paxsa devor qurilgan va buning natijasida ular orasida eni 1.4 metrga teng tor yoʻlak – koridor barpo etilgan[2].
Nurtepa manzilgohidagi qurilish ishlari asosan paxsadan qurilgan. Miloddan avvalgi IV asrdan boshlab xom gʻishtdan foydalanilgan. Xom gʻishtlar toʻgʻri toʻrtburchak va kvadrat shaklidagi qoliplarga quyib tayyorlangan.
Shahriston ichida, arkning shimoliy tomonida ibodatxona – zikkurat joylashgan[3]. Nurtepa yodgorligidan sopol buyumlar topilgan. Bu sopol buyumlarning yarmi qoʻlda, yarmi kulolchilik charxida yasalgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Шоисоев И. Cтруктура городов и типология памятников средневековья (ruscha). PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, s. 49. Qaraldi: 5-sentabr 2023-yil.
- ↑ To'ychiboyev B. O’lkа mоddiy mаdаniyati tаriхi. Guliston 2022 — 22-bet.
- ↑ Негматов Н, Беляева Т. Общий отчет об исследованиях Нуртепа в 1980-1985 гг. и предложения по дальнейшему изучению и сохранению памятника. Душанбе, Дониш 1994 — 22-23-bet.