Eski Xovos yodgorligi
Eski Xovos yodgorligi – Sirdaryo viloyatidagi ellinistik davrga oid qadamjo. Xovos tumani Xovosobod qishlogʻida joylashgan. Eski Xovos manzilgohida hayot mil.avv. IV-III asrlarda boshlangan va 1953-yilgacha davom etgan. Yodgorlik hududi 10 gektardan iborat. Ark hududi 2 gektar. Arkning saqlanib qolgan qismining balandligi 15 metr. Eski Xovos hududida yashagan aholi uchun Shoʻrbuloqsoydan alohida kanal qazib chiqarilgan. Bu kanal aholiga 1812-yilgacha xizmat qilgan.
Manzilgoh | Xovosobod qishlogʻi, Xovos, Sirdaryo |
---|---|
Mintaqa | Oʻzbekiston |
Balandlik | 15 m (49 ft) |
Turi | Aholi manzilgohi |
Hudud | 10 gektar |
Tarix | |
Material | Paxsa |
Tashkil etilgan | Mil. avv. IV-III asrlar |
Eski Xovos manzilgohini Turkiston havaskor arxeologlar toʻgaragi aʼzolari birinchi marta tadqiq qilgan. N.Likoshin bergan maʼlumotlarga koʻra bir vaqtlar Shahristondan Xovosga qarab katta daryoda kemalar qatnagan[1]. Yodgorlik birinchi marta 1935-yilda Mixail Masson tomonidan oʻrganilgan. U Mirzachoʻl markazida joylashgan katta tepalik ustida aholi uylari joylashganini aytib oʻtgan. Ustrushonadagi sugʻorish inshootlarini oʻrgangan olim A. I. Bilolov ham bevosita Xovos yodgorligiga murojaat qiladi[2]. Yodgorlik 1984-, 1988—1989-yillarda A. A. Gritsina, M. X. Pardayevlar boshliq Sirdaryo arxeologlar guruhi tomonidan oʻrganilgan[3]. Sirdaryo arxeologik otryadi 1984-yildan boshlab Xovos xarobalarini oʻrganishga kirishgan. Yodgorlik yoshini aniqlash maqsadida qazishma ishlarida 10 metr chuqurlikdan soʻng suv chiqib ketganligi sababli buning imkoni boʻlmaydi. 10 metrgacha chuqurlik tadqiq qilinib, mil.avv. I asrga oid madaniy qatlam aniqlangan.
Sirdaryo arxeologik otryadi tomonidan 2003—2004-yillarda yana Eski Xovos hududida qazishma ishlari olib boriladi va mil.avv. III asrga tegishli gʻishtdan koʻtarilgan devor qoldiqlari va Fargʻona vodiysidagi Eylatan madaniyatiga xos, lekin mahalliy kulollar tomonidan yasalgan sopol idishlar topilgan. Eski Xovos tepaligi YUNESKO tomonidan qadimiy joy sifatida roʻyxatga olingan[4].
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti Sirdаryo оtryadining bu yodgоrlikdа 2014-yili оlib bоrgаn аrхеоlоgik qazishma ishlаri nаtijаsidа mil.аv. II-I аsrlargа tegishli Аnахitаning hаykаlchаsi hamda XII аsrgа tegishli yashil rаngga bo'yalgаn qоrа chirоq tоpilgan. Chiroqning bаldоg`idа humо qushi tаsviri tushirilgаn. Yodgоrlik hududidа аrхеоlоgik tаdqiqоtlаr hali ham olib borilmоqdа. Qazishma ishlari natijasida o'rganilgan 14 mеtr qаlinlikdаgi mаdаniy qаtlаmlаr obyektdа qаdim dаvrlаrdаn bоshlаb ХХ аsrgаcha hаyot uzluksiz dаvоm etgаnligi kuzаtilаdi. Аmаldа eski Хоvоs shаhаr xаrоbаsi butun Ustrushоnа uchun etаlоn yodgоrlik hisоblаnаdi[2]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Грицина А, Содиқов М. Эски Ховос ва унга қўшни худудлар қадим ва ўрта асрларда.. Самарқанд. 2010 — 8-bet.
- ↑ 2,0 2,1 To'ychiboyev B. O’lkа mоddiy mаdаniyati tаriхi. Guliston 2022 — 22-bet.
- ↑ Шоисоев И. Cтруктура городов и типология памятников средневековья (ruscha). PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, s. 49. Qaraldi: 5-sentabr 2023-yil.
- ↑ „“Xовособод” қишлоғи обод ва гўзал гўшага айланди“. Qaraldi: 5-sentabr 2023-yil.