Fors Paradi (forscha: رژه نوروزی ایرانیان نیویورک; inglizcha: NY Persian Parade) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahrida har yili mart oyida boʻlib oʻtadigan forslar, Eronliklar va Buyuk Eronga kiruvchi baʼzi mamlakatlar va xalqlarning madaniy va Navroʻz paradidir. Parad asoschilari va rahbarlarining asosiy qismi 1979-yilda Eronda yuz bergan Islom inqilobidan qochgan immigrantlardir[1].

Persian Flag

Ushbu parad ilk bor 2004-yilda Navroʻz bayrami ayyomida, AQShda istiqomat qiladigan Eronlik immigrantlar tomonidan oʻtkazilgan edi va keyinchalik har yili mart oyining oʻrtalarida oʻtkaziladigan marosimga aylandi[2]. Paradda nafaqat forslar va Eronliklar, balki Afgʻoniston, Tojikiston, Kurdiston, Oʻzbekiston va Ozarbayjondan boʻlgan immigrantlar va muxojirlar ham qatnashib keladi. Paradda turli-xil koʻrgazmalar, milliy taomlar, qoʻshiqlar, kiyimlar va raqslar namoyish etiladi. Parad ishtirokchilari kolonna sifatida Nyu-Yorkning markaziy koʻchalaridan tomoshabinlar olqishida oʻtishadi[2].

Manbalar tahrir


Havolalar tahrir