Oʻbazulfiqor — Buxoro viloyati Kogon tumanidagi qishloq[1]. „Zulfiqor qishlogʻi“ degan maʼnoga ega bunday ikki komponentli toponimlar ilmiy tilda topo+ononim deb ataladi. Yaʼni birinchi komponenti joy, ikkinchisi shaxs nomi bilan ataluvchi joy nomlari. „Oʻba“ soʻzi qipchoq shevasida „qishloq“ maʼnosini bildiradi. Zulfiqor shaxs nomini anglatgan boʻlishi ham mumkin. Diniy rivoyatlarga koʻra, xalifa hazrat Alining qilichi „zulfiqor“ deb atalgan. Baʼzan, u yoki bu joyning geografik shakliga qarab unga nom berilgan. Oʻbazulfiqor qishlogʻi trayektoriyasi qilichsimon boʻlgani sabab unga shu nom berilgan boʻlishi mumkin. Ikkinchi varianti „Zulfiqorning qishlogʻi“ maʼnosini beradi. Bunda Zulfiqor ismli qaysidir shaxsning nomiga ishora mavjud[2].

Oʻbazulfiqor

Oʻbazulfiqor
Qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
{{{tuman_turi}}} Kogon tumani
Mahalla fuqarolar yigʻini Oʻbachoʻli

Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q.,Jamolova D. Kogon shahri tarixi. (Qisqacha maʼlumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 54-bet. 
  2. Toʼrayev H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.