Ingichka ichak - odam va umurtqali hayvonlar ichagining bir qismi; meʼda bilan yoʻgʻon ichak oraligʻida joylashgan. Ingichka ichak hazm yoʻlining eng uzun qismi; u meʼdaning oxirgi chiqish qismidan boshlanib, yoʻgʻon ichakning boshlangʻich qismigacha davom etadi; uz. 5–6 m. Ingichka ichak oʻn ikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichakdan iborat. Oʻn ikki barmoq ichak Ingichka ichakning boshlangʻich qismi boʻlib, uz. 25—30 sm (taxminan 12 barmoq enicha), shakli taqaga oʻxshash. Oʻn ikki barmoq ichakdan och ichak boshlanib, Ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil etadi. Och ichak yonbosh ichakka ulanib ketadi: u Ingichka ichakning 3/5 qismiga teng. Ingichka ichakdevorlari seroz, seroz osti, muskul, shilliq parda osti va shillik, pardadan iborat. Shilliq parda Ingichka ichakning eng ichki qavati boʻlib, burmalar hosil qilib joylashgan. Uning yuzasi juda koʻp vor-sinkalar bilan qoplangan; vorsinkalarda limfa va qon tomirlar hamda nervlar bor. Ingichka ichakning bu kavatida 4 mln. ga yaqin soʻrgʻichlar mavjud. Ovqat boʻtqasi meʼdadan oʻn ikki barmoq ichakka oʻtgach, meʼda osti bezi shirasi, jigardan ajralgan oʻt va ichak shiralari bilan aralashib shimilishga tayyor boʻladi va soʻrgʻichlar orqali qonga soʻriladi. Ingichka ichakning hamma qismida ichak shirasi ishlab chiqaradigan bezlar boʻlib, ular ovqat parchalanishida muhim rol oʻynaydi. Ingichka ichakning oʻn ikki barmoqichak qismi qorin devorining orqasida I— III bel umurtqalari qarshisida joylashgan. Unga asosiy hazm bezlarining yoʻllari, jigar va oʻt pufagining oʻt yoʻllari, meʼda osti bezining shira chiqarish yoʻli ochiladi. Och va yonbosh ichak boʻshligʻining markaziy qismini egallaydi va bir tilay qovuzloqlar hosil qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil