Oʻrazbay Dlimbetov
Oʻrazbay Dlimbetov (1935-yil, Xoʻjayli tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR — vafot etgan sanasi nomaʼlum, Xoʻjayli tumani, Qoraqalpogʻiston) — sovet ishchisi, Oʻzbekiston SSR Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston ASSR „Karakalpakvodstroy“ tresti Taxiatosh qurilish-montaj boshqarmasi ekskavator mashinisti. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1981).
Oʻrazbay Dlimbetov | |
---|---|
Tavalludi | 1935 |
Fuqaroligi | SSSR |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirOʻrazbay Dlimbetov 1935-yilda Oʻzbekiston SSR Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Xoʻjayli tumanida (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) tugʻilgan. Millati qoraqalpoq[1].
Xoʻjayli tumaniagi oʻrta maktabni tugatgan[1].
1951—1954-yillarda „Karakalpakvodstroy“ trestining Taxiatosh qurilish-montaj boshqarmasida mashinist yordamchisi, soʻngra ekskavator mashinisti boʻlib ishlagan[1]. 1954-yilda Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. 1958-yilda harbiy xizmatni oʻtab boʻlganidan keyin avvalgi ish joyiga qaytgan. Qoraqalpogʻiston ASSR „Karakalpakvodstroy“ tresti Taxiatosh qurilish-montaj boshqarmasi ekskavator mashinisti boʻlib ishlay boshlagan[1].
Oʻrazbay Dlimbetov Qoraqalpogʻiston SSSRda suv xoʻjaligi obyektlari, jumladan, Amudaryo deltasida irrigatsiya tizimlarini qurish bilan shugʻullangan. 1974-yil 27-fevralda Oʻrazbay Dlimbetov Lenin ordeni bilan taqdirlangan. Oʻninchi besh yillikning rejasi va shaxsiy sotsialistik majburiyatlarini muddatidan oldin bajargan[1].
1981-yil 13-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan oʻninchi besh yillik reja vazifalari va sotsialistik majburiyatlarni bajarishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun unga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va Oʻroq va Bolgʻa oltin medal berilgan[1].
Oʻrazbay Dlimbetov 1970—1974-yillarda Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasidan SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashining 8-chaqiriq deputati etib saylangan[1][2].
Turli medallar bilan taqdirlangan[1]. 2 marta Lenin ordeni (27.02.1974; 13.03.1981) bilan taqdirlangan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 „Длимбетов Уразбай“. warheroes.ru. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Депутаты Верховного Совета СССР VIII-го созыва 1970 - 1974“. www.knowbysight.info. 2012-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.