Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati

Dale Carnegie qalamiga mansub kitob

„Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking) — amerikalik psixolog Dale Carnegie qalamiga mansub kitob. Ilk bor 1926-yil „Omma oldida soʻzlash: Biznesmenlar uchan amaliy kurs“ (inglizcha: Public Speaking: a Practical Course for Business Men) nomi bilan chop etilgan. 1937-yil „Omma oldida soʻzlash va biznesda odamlarga taʼsir oʻtkazish“ (inglizcha: Public Speaking and Influencing Men in Business) nomi bilan qayta nashr qilingan. 1956-yil kitobi nomi yana „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking) qilib oʻzgartirilgan. Asar rus va oʻzbek tillarida aynan shu nom bilan tanilgan. 1962-yil kitobning Carnegie kursi uchun moslashtirilgan nashri „Samarali nutq soʻzlashning tez va oson yoʻli“ (inglizcha: The Quick and Easy Way to Effective Speaking) (1962) nomi bilan chop etilgan. 2005-yil kitobning yangi nashri „Muvaffaqiyatga erishish uchun omma oldida soʻzlash“ (inglizcha: Public Speaking for Success) nomi bilan dunyo yuzini koʻrgan.

Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati
Asl nomi How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking
Muallif(lar) Dale Carnegie
Tarjimon(lar) Fatxulla Namozov
Til inglizcha
Janr(lar)i Ommabop psixologiya
Nashr etilgan sanasi 1926
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2010
Sahifalar soni 224

1956-hamda 1962-yilgi nashrlarni Dorothy Carnegie tayyorlagan. 2005-yilgi nashrni Arthur Pell nashrga tayyorlagan. Pell versiyasida Dorothy Carnegie versiyasida olib tashlangan materiallar qayta tiklangan. Kishilarga mustaqil ravishda oʻsishda koʻmaklashishni koʻzlovchi ushbu asar oʻz-oʻziga yordam berish (inglizcha: self-help) janridagi eng mashhur kitoblarning biridir.

Asar muallifning kurslari davomida qoʻllanilgan standart adabiyot boʻlgan. Kitobning asosiy maqsadi omma oldida soʻzlashni chuqur tushuntirib berish hamda omma oldida nutq soʻzlashda kelib chiqadigan qoʻrquvlarni yengishga yordam berishdir.

„Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ oʻnlab tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan. Oʻzbek tilida ilk bor 2010-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Yana „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (inglizcha: How to Win Friends and Influence People) va „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ (inglizcha: How to Stop Worrying and Start Living) kitoblari bilan birgalikda „Muvaffaqiyat kaliti“ nomi bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan. Toʻplamni oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 13-iyul, 2022-yil(2022-07-13) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.