Oʻzbek Sulton
Oʻzbek Sulton (toʻliq ismi: Abulgʻozi Muhammad Umar Bahodirxon yoki Oʻzbekxon; vafoti — 1598-yil) — shayboniylar sulolasi vakili, Jonibek Sultonning oʻgʻli, Axsikent hokimi. Oʻzbekxon Hisor (1574-yildan), Shosh hamda Fargʻona hokimi boʻlgan. Abdullaxon II vafot etganidan keyin taxtga asosiy daʼvogarlardan biri Oʻzbek Sulton boʻlgan edi. Abdullaxonning oʻrniga Abdulmoʻmin taxtga oʻtirganidan keyin Oʻzbek Sulton unga qarshi bosh koʻtaradi. 1598-yilda Abdulmoʻmin isyon koʻtarganlarga qarshi Axsikent tomon qoʻshin tortadi va shaharni qamal qiladi. Oʻzbekxon yuz bergan jangda halok boʻladi. Biroq Buxoro xoni Abdulmoʻmin ham tez orada oʻz odamlari tomonidan 30 yoshida oʻldiriladi. Shayboniylar sulolasining soʻngi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) taxtdan agʻdarilgandan keyin Movarounnahr hududida shayboniylar sulolasi barham topgan[1][2].
Oʻzbek Sulton | |
---|---|
Abulgʻozi Muhammad Umar Bahodirxon | |
Tavalludi | nomaʼlum |
Vafoti |
1598-yil Axsikent |
Fuqaroligi | Buxoro xonligi |
Dini | Islom |