Oʻzbekiston — Niderlandlar munosabatlari

Oʻzbekiston — Niderlandlar munosabatlariOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1993-yil Niderlandlarga qilgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga negiz yaratdi. Tashrif chogʻida „Oʻzbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma bayonnoma“ imzolandi. 1996-yil Toshkentda „Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish haqida“ bitim tuzildi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Niderlandlar oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1999-yilda 139,6 mln. AQSh dollarini, shu jumladan, eksport 98,1 mln. dollarni, import esa — 41,5 mln. dollarni tashkil qildi. Oʻzbekiston Respublikasida golland sarmoyasi ishtirokidagi 10 korxona roʻyxatga olingan, shundan 7 tasida golland sarmoyasi 100 % ni tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi huzurida Niderlandlarning 7 firmasi oʻz vakolatxonasini ochgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil