Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari

Oʻzbekiston – Turkiya munosabatlari. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992-yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda esa Oʻzbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasi ning Bosh konsulxonasi ochildi.

Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari

Oʻzbekiston

Turkiya

OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1991-yil dekabr, 1994-yil iyun va 1997-yil noyabrda rasmiy tashrif bilan T.da boʻldi. 1998-yil oktabrda T. Respublikasining 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, T. Prezidentlari T. Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldilar. Ana shu tashrif va muloqotlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasida „Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida“gi shartnoma hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiy-texnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saqlash, transport, sayyohlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil sentabrda Turkiya Prezidenti Ahmet Necdet Sezer bilan BMTning „Ming yillik“ sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003-yilda T. Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002-yil Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida T.ning ulushi 4% ni tashkil etadi. T. Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan „KosonsoyTekmen“ qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda T.ning „AySel“, „Ulus inshaat“, „Oʻqan xolding“, „Emesam“ firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida T. sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida „SamKochavto“ (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), „Papfen“ (paxta tolasidan ip yigirish), „Koxis“ (savdovositachilik faoliyati, „MetroMarket“ supermarketa), „SharqMir LTD“ (chakana savdo), „Mejik Plast“ (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa „Beta Algoritm“ (choy qadoklash), „Dilek Interprayzis“, „Aylin gida sanai va anonim shirkati“ (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. T.da oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va T. oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991-yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993-yil 22-iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995-yil 9-iyul) asosida rivojlanib bormoqda.

1993-yil T.da Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i. oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi „Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari“ doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarqand shaharlarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda „Uzbekistan— Turkiya“ doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.

Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan T.ning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biologiya, ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda T. ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.[1]

2021-yil 7-mart kuni Samarqand shahrida Turkiyaning bosh konsulligi ochildi. ochilish marosimida Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduxakimov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Turkiyaning tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli va Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ishtirok etgan. Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi rahbari Salih Janer Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun Samarqand shahrida Turkiyaning bosh konsulxonasi binosi ochilishini taʼkidlagan[2].

Harbiy-moliyaviy hamkorlik

tahrir

2021-yil 17-mart kuni Shavkat Mirziyoyevning „Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2020-yil 27-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati oʻrtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim hamda moliyaviy koʻmakni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekistonning majburiyatlarni bajarilishini taʼminlaydi[3].

Oʻzbekiston va Tukiya harbiylari Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qoʻmondonligi Termiz dala-oʻquv maydonida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Oʻzbekiston va Turkiya mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan 22-mart, dushanba kuni maxsus-taktik mashgʻulotlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtgan va 27-martga qadar davom etgan[4].

Manbalar

tahrir