Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni

Oʻzbekistonda nishonlanadigan milliy bayram

1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“gi qaror va „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari“ toʻgʻrisida qonun qabul qilindi[1]. Qaror bilan Oʻzbekiston SSR nomi ham Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi[2]. 1-sentyabr Oʻzbekistonning mustaqillik kuni deb belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, 5-sentyabrda Prezident I.A.Karimovning farmoni bilan Oʻzbekiston poytaxtining avvallari Vladimir Lenin nomi bilan atalgan markaziy maydoni Mustaqillik maydoniga oʻzgartirildi[2]. 1992-yil 3-iyulda „Oʻzbekiston Respublikasida bayramlar toʻgʻrisida“gi 669-XII-sonli davlat qonuni qabul qilindi, unda bayram nishonlanadigan kunlar, jumladan, Mustaqillik kuni ham belgilandi. Qonun asosida oʻsha paytda amalda boʻlgan Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi[3].

Toshkentdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Tyurikov V., Shagulyamov R.. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi: unutilmas voqealar va sanalar (1991—1996), 10000 экз, Toshkent: O'zbekston, 1997. ISBN 5-640-02133-0. 
  • * Tyurikov V., Shagulyamov R.. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi: unutilmas voqealar va sanalar Nashr-2, 10000 экз, Toshkent: O'zbekston, 1998. ISBN 5-640-02328-7.